Andijon Davlat
Universiteti
TO'LOV QILISHGA ULGURMAGAN ABITYURIYENTLAR DIQQATIGA! TO'LOV QILISH MUDDATI 21-IYUL 23:59 GA QADAR UZAYTIRILDI
2020-07-21    2230

Hurmatli abituriyentlar, siz onlayn ro‘yxatdan o‘tdingiz, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmadingizmi? Unday bo'lsa 21-iyul kuni soat 23:59 qadar to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Bu haqida Davlat test markazi o'zining rasmiy telegram kanalida xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, 2020-yil 20-iyul kuni 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (111.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.