Andijon Davlat
Universiteti
“SizdanTelegram” TELEGRAM KANALIDA E’LON QILINGAN POST YUZASIDAN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING RASMIY MUNOSABATI
2020-07-14    2245

Shu yilning 13 iyul kuni “SizdanTelegram” telegram kanalida “АНДИЖОН вил. – “Шартномани олиб онлайн ўқиётганимда, сиз ўқишга қабул қилинмадингиз дейишди” nomli post e’lon qilindi.

Ushbu post yuzasidan Andijon davlat universiteti quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ma’lumki, Prezidentimizning tegishli topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi majlisining 12-son bayoniga asosan, joriy yilning fevral-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan, qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish uchun arizalar qabul qilindi. 12-son bayoniga asosan o‘qishni ko‘chirishga o‘sha vaqtda qo‘shni davlatlar OTMlarida tahsil olayotgan talabalarga ruxsat berilgan. Andijon viloyatida Andijon mashinasozlik institutida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan arizalar qabul qilingan.

Murojaatchi ham ushbu ishchi guruhga o‘qishni ko‘chirish uchun ariza bergan va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining 2020 yil 23 apreldagi majlisining 14-son bayoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 apreldagi 87-03-1408-sonli modemnomasiga asosan, Andijon davlat universitetiga o‘qishi ko‘chirilishi uchun tavsiya etilgan.

Modemnomaga asosan, tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari qo‘shni davlatlardagi OTM larga ishchi guruhlar yuborish orqali birma-bir tekshirilishi vazifasi yuklatilgan.  

Biroq, yurtimizga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan, barcha oliy ta’lim muassasalarida karantin e’lon qilindi. Shu sababli, Andijon davlat universitetiga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan 5609 nafar talabalarning har birini xujjatlarini batafsil o‘rganib chiqishining imkoni bo‘lmadi. O‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilgan barcha talabalar uchun darslarga kirish buyruqlari chiqarilib, universitet bilan talaba o‘rtasida tuziladigan to‘lov-kontrakt shartnomalari tuzishga ruxsat berildi. Shartnomaga “Agar talaba o‘qishni ko‘chirish davrida topshirgan xujjatlarida kamchilik, muammo hamda qalbakilashtirilgan hujjat aniqlansa (qachon aniqlanishidan qat’iy nazar) uning hujjatlari tegishli ravishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga topshiriladi. Talaba esa Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori 3-ilovasining 5-bob 36-bandiga asosan talabalar safidan chiqariladi” bandi kiritildi. Shundan so‘ng o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilgan barcha talabalarga masofaviy ta’lim platformasi orqali ta’lim olishga imkon berildi.

Murojaatchi “Andijon davlat universitetidan menga telefon qilib, siz 305-guruhga qabul qilindingiz, shartnomani olib, onlayn o‘qishni davom ettiring deyishdi,” - deya to‘g‘ri ma’lumot bergan. Biroq, bu vaqtda universitetga uning hujjatlari taqdim etilmagan, faqat tavsiya etilganlar ro‘yxatida bo‘lganligi uchun yuqoridagi keltirilgan shart bilan shartnoma berilgan.  Keyinchalik barcha tavsiya etilganlar hujjatlari Andijon mashinasozlik institutda tuzilgan Ishchi guruh tomonidan universitetga taqdim etilgan. Barcha tavsiya etilganlar qatorida murojaatchining hujjatlarini o‘rganish jarayonida, uning 2004 yilda O‘sh davlat universitetiga o‘qishga kirganligi va 2008 yilda talabalar safidan chiqarilganligi, ayni vaqtda talaba emasligi aniqlangan. Shu bois unga aloqaga chiqib, o‘qishga qabul qilinmaganligi ma’lum qilingan. Bundan tashqari, ushbu murojaat egasiga amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘qishini ko‘chirib, tiklash imkoniyati mavjud ekani tushuntirilgan. Joriy yilning 15 iyulidan 5 avgustga qadar OO‘MTV ning rasmiy veb-sayti www.edu.uz orqali o‘qishni ko‘chirib tiklash uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Eslatma: Andijon davlat universitetida murojaatlarni qabul qilish va muammolarini vaqtida yechish maqsadida ikkita: Andijon davlat universiteti rektorining @anddu_rektori_bot’i hamda universitet axborot xizmatining @asu_uzbbot'i doimiy  asosda ishlab kelmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.