Andijon Davlat
Universiteti
ASSALOM YANGI YIL
2017-12-20    7219

Andijon davlat universitetining pedagog xodimlari tomonidan Andijon shahar 7-son MFY da "Yangi yil – Archa bayrami" tadbirlari o'tkazilmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda fakultet talabalari tomonidan 7-son MFY da "Yangi yil – Archasi" bayram tadbirlari ko'tarinki ruxda tashkil etildi. Tadbirda Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Yuldasheva Faridaxon rahbarligida kafedraning bir qator o'qituvchilari Suyarov Zokirjon, Egamberdiev Azizbek, Axmadaliev Xudoyberdi, Mamadaliev Muzaffar, Xoldarov Saidjon, Usmonova Shohsanam, Iskandarova Dildora, Ikromov Xayrullo, Ismoilova Hayitxon faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan tashkil etilgan qiziqarli o'yinlar, yangi yil sovg'alari bayram ishtirokchilarining ayniqsa, bolajonlarning quvonchiga quvonch qo'shdi.

Archa bayramida Qorbobo va Qorqiz, yalmog'iz kampir va turli ertak qaxramonlarining chiqishlari barchaning ko'ngliga bayramona kayfiyat ulashdi. Qorbobo va Qorqiz bayram tantanalarida faol qatnashgan talabalar va ayniqsa, bolajonlarni alohida e'tirof etdilar hamda ularga sovg'a-salomlar ulashdilar. O'z navbatida bolajonlar ham o'zlari yodlagan she'rlarini o'qib tadbirda faol ishtirok etdilar. Bayram dasturidan joy olgan kuy va qo'shiqlar, turli kulgili chiqishlar bayram ishtirokchilariga o'zgacha zavq-shavq bag'ishladi.

Shuningdek, Jalaquduq tuman hokimligi tomonidan mahalla guzarida tashkil etilgan qishloq xo'jalik maxsulotlari yarmarkasi, Andijon shahrida joylashgan "Mo'jiza" kichik korxonasi shirinliklari, baliq, tuxum va go'sht maxsulotlari savdosining  arzon narxda yo'lga qo'yilganligi aholining  tahsiniga sazovor  bo'ldi.

Bayram ishtirokchilari Yangi yil bayramini ko'tarinki ruxda o'tkazilishini ta'minlagan universitet rektori boshchiligidagi tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligini izxor etdilar.

Hayitxon ISMOILOVA
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.