Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan, Respublika OTMlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilida xotin-qizlar uchun OTMlar bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga qo‘shimcha 940 ta kvota ajartildi.
Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilida xotin-qizlar ushbu tanlovda ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli tavsiyanomalarni opreativ tarzda berish vakolati Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga yuklatildi.
2020-yil 15-iyulga qadar tegishli tavsiyanomalar xotin-qizlarga beriladi.
2020-yil 20-iyulga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tavsiyanoma berilgan talabgorlarning yakuniy ro‘yxati DTMga taqdim etiladi.
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi qanday, tavsiyanoma kimlarga beriladi?
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi VM-402-sonli qarori bilan oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi:
- kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
- shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;
- nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
- oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).
Tavsiyanomani qanday olish mumkin?
Har yili fevral oyida xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi. (2020/2021 o‘quv yili uchun tavsiyanomalar 2020-yil 15-iyulga qadar tegishli xotin-qizlarga beriladi.)
Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan xotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10 mayga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalariga taqdim etadi.
Ishchi guruh tomonidan saralab olinib, qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxati har yili 15 iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
Tavsiyanoma abiturient ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI