Andijon Davlat
Universiteti
O’QISHNI KO’CHIRISH, KO’CHIRIB TIKLASH, TIKLASH BO’YICHA BARCHA SAVOLLARGA JAVOBLAR. TURDOSH TA'LIM YO'NALISHLARI RO'YXATI
2020-06-24    39797

Hurmatli talabalar, 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash komissiyasi 2020 yilning 15 iyul sanasidan 2020 yilning 5 avgust sanasiga qadar faoliyat yuritadi.

Talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish ONLAYN rejimida amalga oshiriladi.

Hurmatli talabalar, talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 20 iyunda tasdiqlangan 393-sonli qarori asosida amalga oshiriladi. Nizomga ko‘ra bir oliy ta’lim doirasida turdosh bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish hamda talabalar safiga tiklash oliy ta’lim muassasasi rektorining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Qolgan hollarda bir oliy ta’lim doirasida turdosh bo‘lmagan, bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa bir oliy ta’lim muassasasiga turdosh yoki turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Davlat qabul komissiyasi hamda tegishli vazirliklar orqali amalga oshiriladi.

Universitet ichida turdosh (universitetdagi turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati) bo‘lgan bir ta’lim yo‘nalishidan boshqa bir ta’lim yo‘nalishiga o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar www.adu.uz sayti orqali hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Boshqa xollarda www.edu.uz sayti orqali xujjat topshirasiz. (turdosh ta’lim yo‘nalishlar ro‘yxati)

Hujjatlar Nizomda ko‘rsatilganidek pasport ma’lumotlari (uning elektron varianti hamda reyting (baholash) daftarchasining elektron varianti) va ariza yoziladi. Pandemiya munosabati bilan reyting daftarchangizdagi 2019/2020 o‘quv yilining bahorgi semestrining yakuni to‘liq bo‘lishi talab etilmaydi.

Murojaat uchun: 74-223-83-78, 93-244-69-56

 

O‘qishni ko‘chirish (perevod) masalasida asosiy ma’lumotlar

Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?

Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Kunduzgi ta’limdan quyidagilarga ko‘chirish ruxsat etiladi:

  • kunduzgi;
  • sirtqi;
  • kechki (smenali).

Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqiga ko‘chirib bo‘lmaydi.

 

Sirtqi ta’limdan ruxsat etiladi:

  • kunduzgi (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
  • sirtqi (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
  • kechki (smenali).

❌ Sirtqi ta’limdan maxsus sirtqi ta’limga ko‘chirib bo‘lmaydi.

Kechki ta’limdan ruxsat etiladi:

  • kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
  • kunduzgi.

❌ Kechki ta’limdan sirtqi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko‘chirib bo‘lmaydi.

 

Maxsus sirtqi ta’limdan boshqa ta’lim shakliga ko‘chirib bo‘lmaydi, o‘z navbatida boshqa ta’lim shakllaridan maxsus sirtqiga ko‘chirish talabi ham rad etish uchun asos bo‘ladi. Faqat maxsus sirtqida bir ta’lim sohasi doirasidagina ko‘chirishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga ko‘chira olmaydi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha muddatlar

O‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash quyidagi 9 ta bosqichda amalga oshiriladi. Bular quyidagilar:

Kuzgi semestr bo‘yicha

1-bosqich: 15 iyungacha

Hududlarda Ishchi guruh tashkil etiladi.

 

2-bosqich: 15 iyuldan 5 avgustgacha

Talabalardan arizalar qabul qilish. Joriy yilda arizalar edu.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

3-bosqich: 5 avgustdan 30 avgustgacha

Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo‘llanadi.

4-bosqich: 2 sentabrdan 10 sentabrgacha

Ko‘chirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.

5-bosqich: 1 oktabrgacha

Kontraktdagilar to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.

 

Bahorgi semestr bo‘yicha

6-bosqich: 15 yanvardan 25 yanvargacha

Talabalardan arizalar qabul qilish

 7-bosqich: 25 yanvardan 15 fevralgacha

Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo‘llanadi.

8-bosqich: 15 fevraldan 25 fevralgacha

Uzrli sabablar bilan bahorgi semestrda ko‘chirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug‘i bilan talaba darslarga qo‘yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig‘ma jildini jo‘natish uchun so‘rovnoma yuboriladi.

9-bosqich: 1 martgacha

Kontraktdagilar to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.

 

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.