Bugun, 18-iyun kuni Andijon davlat universiteti Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi Dumayeva Zuxraxon Nasirdinovnaning Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD03/30.12.2019.B.76.01-raqamli ilmiy kengashning navbatdagi yig’ilishida 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha o’zining “Turli yoshdagi kalamushlarda jigarning gomeostaz faoliyatiga gipokineziya va gamma nurlarining ta’siri” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi o’tkazildi.
Dissertatsiya himoyasi onlayn tarzda o’tkazilib, dissertant ishni Andijon davlat universitetidan turib himoya qildi. Dastlab o’z ishini mazmun-mohiyati, tahlillar, olib borilgan laboratoriya tadqiqotlari natijalari xulosalarni taqdim etgan dissertant kengash a’zolari tomonidan berilgan savollarga ham to’la to’kis javob berdi.
Dissertatsiya ishi bo’yicha rasmiy va norasmiy opponentlar ham o’z xulosalari va tavsiyalarini bildirib o’tdilar.
Himoya yakunida kengash a’zolari onlayn ravishda ovoz berish dasturidan foydalangan holda ishni baholadilar. Ovoz berish jarayoni natijalariga ko’ra Zuxraxon Dumayevaning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi OAK talablariga to’la mos kelishi e’tirof etilib, 100 foiz ovoz bilan tasdiqlandi.
Dumayeva Zuxraxon Nasirdinovnani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy ishlarida zafarlari tilab qolamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI