Andijon Davlat
Universiteti
PSIXOLOGIK XIZMAT SIFATINI YAXSHILASH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2020-06-17    3069

Joriy yilning 16-iyun kuni Andijon davlat universitetinig kichik majlislar zalida Psixologiya kafedrasi tomonidan “Amaliy psixologiya psixologik xizmatning muammolari, dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida onlayn tarzda Zoom Cloud Meetings dasturi asosida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan yetuk mutaxassislar, proefessor-o‘qituvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Konfrensiyani Umumiy psixologiya kafedrasi mudiri p.f.n., dotsent M.Xalimova olib bordi. Konfrensiyani universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Baxtiyor Rasulov ochib berdi.

Sho‘balar bo‘yicha dastlab professor N.Safoev “Fuqarolik jamiyati, sud-huquq tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar va xavfsizlik tizimida psixologik xizmatning takomillashtirish” mavzusida, shundan so’ng katta o‘qituvchisi Yo.Yusupova “Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatning dolzarb muammolari”, umumiy psixologiya kafedrasi mudiri dotsent M.Xalimova “Oila – maktab – mahalla institutlari faoliyatida amaliy psixologlar hamkorligi masalasi”, dotsent G.Tojiboeva “O‘quvchilar hulq-atvorida turli psixik og‘ishlarni psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi”, O.Muxtorov “Sog‘lom turmush tarzi va psixologik reablitatsiya” kabi masalalar bo’yicha ma’ruzalar tinglandi, ilmiy xulosalar eshitildi.

Shuningdek, konferensiya davomida Buxoro davlat universiteti dotsenti U.Jumaev, Termiz davlat universiteti dotsenti M.Norbosheva, Andijon davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi doktorantlari B.Parmonov “Amaliy psixologiya-psixologik xizmatning muammolari, dolzarb masalalari va yechimlari”, M.Dumarov “Yoshlarda ijtimoiy voqelikka munosabat shakllanishining psixologik jihatlari”, Umumiy psixologiya kafedrasi doktoranti O. Qodirova “Emotsional intellekt talaba kasbiy kamolotining muhim psixologik omili” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Professor-o‘qituvchilar ma’ruzalarida psixologiya sahasidagi dolzarb masalalar, amaliy psixologlar faoliyatidagi muammolar, ta’lim tizimida psixologik xizmatni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Konfrensiya davomida barcha ishtirokchilar ma’ruzalarchilarning ma’ruzalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Barcha qatnashchilarda konfrensiya yuzasidan iliq fikrlar bildirildi.

Konferensiya yakunida tavsiyalar shakllantirildi va taqdim qilish uchun tegishli tashkilotlarga yuborish belgilandi. Shuningdek, universitetda amaliy psixologlar assotsiatsiyani tashkil etii, yoshlarni “Psixologik xizmat” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy faoliyatga yo‘naltirish ishlari amalga oshirish, umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari uchun uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.