Andijon Davlat
Universiteti
O‘ZR FA AKADEMIGI YOSH TADQIQOTCHILARGA ONLAYN MA’RUZA O‘TDI
2020-06-11    2152

Karantin sabab oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limga o‘tilishi, karantin cheklovlar ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar uchun dastlab bir muncha qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Lekin, ilmiy ishlarni masofadan turib tashkil etish tajribasining shakllanishi sohadagi yoshlar uchun avval imkonsiz bo‘lgan imkoniyatlar eshigini ham ochmoqda.

 

Kuni kecha Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasida O‘zR FA Botanika instituti direktori, akademik Tojibaev Komiljon Sharobitdinovichning  Zoom dasturi orqali “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi: qisqacha tarixi va zamonaviy holati” mavzusidagi onlayn ma’ruzasi tashkil etildi.

 

Onlayn ma’ruzada kafedraning tayanch doktorantlari, magistrantlari va yosh olimlari ishtirok etishdi. Akademik A.Sh.Tojibaev o‘z ma’ruzasi davomida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashri, undagi o‘zgartirishlar va ularning sabablarini ilmiy asoslab berdi. Shuningdek, Qizil kitobni yaratishda, tuzatishda va yangi nashrlarini chop etishda botanik, ekolog olimlarning ilmiy izlanishlari, tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Buning uchun hozirgi kunda iqtidorli yoshlar, magistrlar va tayanch doktorantlarni o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanishlari o‘ta muhim, deb aytib o‘tdi.

 

Onlayn ma’ruza so‘nggida bunday muloqotlarni doimiy o‘tkazib turish, fikr almashish, yosh tadqiqotchilarning ishlarini muhokama qilishga kelishib olindi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.