Andijon Davlat
Universiteti
O'ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI O'QITUVCHISI ABDUMUXTOR HAKIMOV FALSAFA DOKTORI DISSERTATSIYASINI ONLAYN TARZDA HIMOYA QILDI
2020-06-10    2236

Bugun, 10-iyun kuni O’zbekiston tarixi kafedrasi katta o’qituvchisi Hakimov Abdumuxtor Abduxalimovich O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 02/30.01.2019. Tar.56.01 raqamli Ilmiy kengashning onlayn (masofaviy) shakldagi yig‘ilishida 07.00.08 – “Tarixshunosik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” ixtisosligi bo‘yicha o’zining “O‘rta Osiyoda bronza-ilk temir davri urbanizatsiya jarayonlari tarixshunosligi (XIX asr oxiri – XXI asr boshlari)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi bo’lib o’tdi.

Himoya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK ning onlayn himoyalarni o’tkazish tartibi talablari asosida tashkil etildi. Muhokama davomida dissertant ishning mohiyati, undan olingan xulosalar, tahliliy fikrlarini kengash a’zolariga taqdim etdi. Qizg’in savol-javoblarga boy o’tgan muhokamalarda ishning yutuq tomonlari va juz’iy kamchiliklari ko’rsatib o’tildi. Ko’rsatilgan kamchiliklar bo’yicha dissertant javob berib, ularning katta qismi bartaraf etilganini bildirdi.

Himoya so’nggida Kengash a’zolari Xakimov Abdumuxtor Abduxalimovichni tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb topdi. Ushbu yutuq bilan dissertantni tabriklaymiz va ilmiy zafarlar bardavom bo’lishini tilab qolamiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.