Andijon Davlat
Universiteti
ILHOMJON UMAROV IQTISOD FANLARI DOKTORI DISSERTATSIYASINI ONLAYN RAVISHDA HIMOYA QILDI
2020-06-06    2489

Kuni kecha, 5 iyun kuni Andijon davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Umarov Ilxomjon Yuldashevich Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalarni beruvchi DSs.03/30.12.2019.I.03.05 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengashining navbatdagi majlisida bo‘lib o‘tadi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari bo‘yicha professor Qiyomiddin Muftaydinov ilmiy maslahatchiligida “O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Karantin sabab dissertant himoyani Andijon davlat universitetida turib, onlayn ravishda amalga oshirgani ahamiyatlidir.

Himoya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK ning masofadan turib onlayn himoya qilish tartiblari asosida tashkil etildi. Dastlab, ishning mazmuni, tadqiqot jarayonida shakllangan ilmiy xulosalarni bilan tanishtirildi. Hozir dunyoda oziq-ovqat sanoatida tayubirkorlikni rivojlantirish, unda xususiy sektorning ishtirokini oshirish mehanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan aniq takliflar keltirib o‘tildi.

Shundan so‘ng dissertantga kengash a’zolari tomonidan turli savollar berildi.

 

Himoya jarayonida rasmiy va norasmiy opponentlar tomonidan ish yuzasidan fikrlar, kamchiliklar va yutuqlar ko‘rsatib o‘tildi va ko‘rsatilgan kamchiliklar ishning sifatiga ta’sir ko‘rsatmasligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Himoya so‘nggida kengash a’zolari ishga yuqori baho berib, 100 foizlik ovoz bilan iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga loyiq ko‘rildi.

Ovoz berish jarayonlari ham elektron shaklda o‘tkazilib, texnik jihatdan yashirin o‘tkazilishi to‘liq ta’minlandi. Yaratilgan dasturga ko‘ra, ovozlar kengash a’zolari ovoz bergandan so‘ng avtomatik tarzda kengash majlisi bayonnomasi shakllantiriladi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.