Bugun, 4 iyun kuni Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvichsi Ahmadaliyev Doniyorbek Xitoy Xalq Respublikasining “Northeast Normal University” da professor Chen Xiaohui rahbarligida o‘zining “Research on Adaptive Content Delivering in Learning Management Systems: Focusing on User Preferences and Knowledge Level” (Ta’limni boshqarish tizimlarida moslashuvchan kontentni yetkazib berish bo‘yicha tadqiqotlar: foydalanuvchi uchun afzalliklar va bilim darajasiga e’tibor qaratish) mavzusidagi falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Himoya karantin sabab onlayn tarzda o‘tkazilib, unda doktorant o‘zining uch yillik tadqiqot natijalarini e’lon qilgan. Muhokamalardan so‘ng, ish belgilangan talablarga to‘la javob berishi e’tirof etilib, 100 % lik natija bilan informatika fanlari va texnologiyalarini o‘qitish ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga loyiq deb topildi.
Bu muvaffaqiyat osonlikcha qo’lga kiritilmadi. Doniyorbek Ahmadaliyev yosh bo‘lishiga qaramay ilmiy tadqiqot ishlariga kirishib, 2015 yilda Xitoyda malaka oshirish dasturi bo‘yicha grant yutib oladi va 8 oy davomida o‘z bilim va malakasini oshiradi. Malaka oshirish davomida xitoylik olimlarning e’tiboriga tushib, uni “Northeast Normal University” tomonidan PhD dasturiga e’lon qilingan grantda ishtirok etishga undaydilar. Grant dasturida qatnashib, PhD dasturida o‘qishga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan D.Ahmadaliev 2016 yil sentabr oyidan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Xitoyga yuboriladi. “Northeast Normal University” ning Kompyuter fanlari va axborot texnologiyalari maktabida informatika fanlari va texnologiyalarini o‘qitish ixtisosligi bo‘yicha ilmiy rahbari professor Chen Xiaohui rahbarligida tadqiqot ishlarini olib bordi.
Ahamiyatlisi, ushbu PhD dasturi bo‘yicha barcha xarajatlar Xitoy stipendiyalar kengashi tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan.
Doniyorbek Ahmadalievga kelgusi ishlarida zafarlar yor bo‘lsin, ilmiy ishlarni davom ettirib, yanada balandroq ilm cho‘qqilarini zabt etishni tilab qolamiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI