Andijon Davlat
Universiteti
INNOVATSION ISHLANMALARNI AMALIYOTGA JORIY ETISHDA QANDAY MUAMMOLAR BOR?
2020-05-29    2411

2020-yil 27-may kuni Andijon davlat universitetida tashkil etilgan “Innovatsion g’oyalar, ishlanmalar amaliyotga: muammolar va yechimlar'' mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman ayni shu masalaning yechimiga bag’ishlandi.

AndDU Ilmiy bo’limi, Pedagogika va Fizika-matematika fakultetlari hamkorligida tashkil etilgan konferensiya Zoom Cloud Meetings dasturi orqali muvaffaqiyatli o’tkazildi.

Anjumanda Respublikamiz va xorijiy davlatlardan taniqli olimlar qiziqarli ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashdilar. Jumladan O’zbekiston Respublikasi FA akademigi S.Z.Zaynobidinov, O’zbekiston Respublikasi Xalq tabobati akademiyasi raisi, professor I.R.Asqarov, Rossiya Federatsiyasi FA akademigi G.V.Voropayev, Rossiya Federatsiyasi YuFU professori I.B.Abbasov, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsentlari G.Anorqulova, D.Mamatov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargona filiali direktori prof. M.A.Rasulov, AndDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar buyicha prorektori B.M.Rasulov, tarix fanlari doktori M.Abdullaev va boshqa olimlar innovatsion g’oyalar hamda ishlanmalari bo’yicha tadqiqot natijalarini taqdim etdilar. Shuningdek, turli yo’nalishlar bo’yicha ilmiy va innovatsoin ishlanmalarni tijoratlashtirish muammosi ham sohaning yetuk olimlari tomonidan muhokama qilindi. Tijoratlashtirishga to’sqinlik qiluvchi institutsional, tizimli sabablar aniqlandi va ularga yechimlar taklif etildi.

Anjuman so’nggida yuqorida muhokama qilingan masalalarni yechish bo’yicha aniq takliflar tayyorlanishi va tegishli tashkilotlarga yuborilishi belgilandi. Konferensiya ishi har tomonlama samarali o’tdi. Xorijlik olimlar bilan kelgusida hamkorlik asosida ilmiy tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi. Konferensiyani tashkil qilishda, ilmiy ma'ruzalarni qabul qilib, jamlashda moderator, dotsent Abduqahhor Zaparovning xizmatlari katta bo'ldi. 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.