Muhtaram Prezidentimiz Sh.M Mirziyoev boshchiligida milliy qadriyati-miz bo‘lgan kurash sport turiga berilayotgan davlat darajasidagi e’tibor sabab, Kurashimizning dunyodagi nufuzi kundan kunga oshib bormoqda.
Dunyo miqyosida milliy kurashimizning obro‘sini yanada oshirish orqali yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, Jahon maydonlarida jonajon Vatanimizni ulug‘lash maqsadida 2017 yil 2-oktabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston respublikasi prizidentining № PK 3306 sonli qararida kurashni yanada rivojlanishiga asos bo‘lmoqda.
Bu yutuqlarga erishishning zaminida bugungi kunda barcha hududlarda, kerak bo‘lsa olis qishloqlarda ham yosh avlodni kurash sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng ko‘lamdagi shart-sharoitlar yaratib berilayotganlida.
Buni isboti misolida Turkiyaning Istanbul shahrida 30 noyabr - 4 dekabr kunlari kattalar o‘rtasida Kurash bo‘yicha XI jaxon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada dunyo miqyosida nufuzli turnirda jumladan Osiyo, Afrika, Yevropa va Amerika qit’asidan qirqdan ziyod mamlakatning 433 nafar polvonlari (311 ta erkak, 122 ta ayol) ishtirok etdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida 15 vazn toifasida gilamga chikishdi. Erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kilogrammgacha va 100 kgdan ziyod; ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 gacha va undan ziyod vazn toifasida medallar uchun bellashdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Andijon Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 2 bosqich talabasi Oysuluv Abdumajidova, Kurash bo‘yicha viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Sobirjon Pardaev qo‘l ostida mashg‘ulotlarda o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirib 52 kg vazinda baxs olib borish sharafiga muyassar bo‘ldi.
O‘z vazini bo‘yicha bir necha kurashchilarni mag‘lubiyatga uchratgan Oysuluv Abdumajidova finalda jamoadosh dugonasiga yutkazib, faxirli 2 o‘rinni qo‘lga kiritb kumush medal soxibi bo‘ldi.
Oysuluvga, 2018 yili Indoneziyada navbatdagi Osiyo o‘yinlari dasturiga o‘zbek milliy kurashi asosiy sport turlari qatorida kiritilganini inobatga oladigan bo‘lsak, kelgusida faqat omad va zafarlar tilab qolamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI