Andijon Davlat
Universiteti
BIRINCHI PHD ONLAYN HIMOYASI MUVAFFAQIYATLI O’TKAZILDI
2020-05-29    2474

Bugun Andijon davlat universiteti Maktabgacha pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi Azizova Zulfizar Fazilovna universitetimiz o’qituvchilari orasida birinchi bo’lib PhD himoyasini onlayn ravishda himoya qildi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi Ph.D.12/30.12.2019.Ped.80.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning 2020 yil 29 may kungi yig’ilishida Zulfizar Azizova 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha o’zining “Qo‘g‘irchoq teatri vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini Andijon davlat universitetidan turib onlayn ravishda himoya qildi.

Himoya to’liq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK ning onlayn himoya o’tkazish talablari asosida tashkil etildi. Dastlab ishni mazmuni bilan kengash a’zolarini tanishtirgan Z.Azizova, himoya davomida ularning savollariga o’z fikrlarini, ishdan olgan xulosalarini bildirib o’tdi. Yig’ilish yakunida ish pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun barcha talablarga javob berishi e’tirof etilib, kengash a’zolari tomonidan 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.