2020-yil 20-may kuni soat 10.00 da AIF-2/7 loyihasi doirasida magistrantlar, doktorantlar va boshqalar uchun Berlin texnika universiteti professori Frank Bexrendtning “Biogenik qayta tiklanuvchi energiya manbalariga kirish” mavzusida “on-line” video ma’ruzasi tashkil etildi.
Videoyig‘ilishda Andijon davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori R.Aliyev rahbarligida doktorantlar, magistrant va bakalavr talabalar ishtirok etdilar. Videoma’ruza so‘ngida tinglovchilar tomonidan bir qator savollar va takliflar berildi. Professor mazkur savollarga javob berar ekan, anjuman ishtirokchilariga ularning qiziqarli savollari va takliflari uchun, shuningdek Andijon davlat universitetining jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.
Videoma’ruzalarda yuqori saviyada tayyorlangan taqdimot materiallaridan foydalanilgan. Barcha ma’ruzalarning elektron nushalari ADUning mazkur laboratoriyasiga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkr professorning birinchi xalqaro ma’ruzasi shu yilning 10 mart kuni tashkil etilgan bo’lib, navbatdagi uchinchi ma’ruza esa 22 may kuni 13.00 da yuqorida berilgan havola orqali tashkil etilishi belgilangan. Barcha qiziquvchilarni onlayn ma’ruzaga taklif etamiz (ma’ruzalar ingliz tilida).
Topic: Lecture TUB/ASU
Time: May 20, 2020 10:00 AM Amsterdam, Berlin, Rome, Stockholm, Vienna
Join Zoom Meeting https://tu-berlin.zoom.us/j/97300570075?pwd=NGhKUm9Ud2xWaEsxOFNBbzZneStJUT09
Meeting ID: 973 0057 0075
Password: 509584
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI