Joriy yilning 15-may kuni Andijon davlat universitetida Iqtisodiyot kafedrasi tashabbus bilan «Iqtisodiyotning ijtimoiy sektorini rivojlantirishning dolzarb masalalari: milliy va xorijiy tajriba» xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Uni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Rasulov ochib berdi. Xalqaro konferensiya doirasida BuxDU “Servis sohasi iqtisodiyoti” kafedrasi professori, i.f.d. B.N.Navro’z-Zoda Baxtiyor Negmatovich “Ijtimoiy tadbirkorlik va uni rivojlantirishning xorij tajribasi”, O‘zR FA akademigi Saidahror Gulyamov “Raqamli iqtisodiyotda kraudsorsing va kraudfonding texnologiyalarini samaradorligi”, TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ITM xodimi Axmadieva Aliya, Farg‘ona politexnika instituti dotsenti Asrorjon Ilyosov “Raqamli iqtisodiyotning bugungi holati: muammo va yechimlar” mavzularida taqdimotlar qildilar.
Konferensiya davomida xorijiy OTM va ITIlari olimlaridan AQSHning Texas texnologiya universiteti professori Raviprokash Govandrov Dani “AQSHda iqtisodiy inqiroz sharoitida manzilli ijtimoiy himoya tizimi”, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xalq xo’jaligi va davlat xizmatlari akademiyasi Kaluga filiali dotsentlari Yelena Gerasimova “Ijtimoiy-axloqiy marketingning zamonaviy konsepsiyalari”, Xarchikova Natalya “Rossiya fuqarolarining raqamli kompetentligi: real voqelik va istiqbolda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shartlari” mavzularida taqdimot qildilar.
Konferensiyada iqtisodiyotning ijtimoiy sektorini rivojlantirish, bu borada xorijiy tajribani o’rganish, milliy iqtisodiyotimizga moslashtirish, ayni koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan iqtisodiy inqiroz sharoitida istiqboldagi rejalarni aniqlab olish, inqiroz ta’sirini yumshatish bo’yicha amalga oshirish lozim bo’lgan muhim tadbirlar, inqiroz davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo’llab quvvatlash bo’yicha yechimlar muhokama qilindi. Xorijlik olimlar bu borada o’z mamlakatlaridagi mavjud sharoit va qonunchilik bo’yicha muhim ma’lumotlar, mamlakatimizda qo’llash mumkin bo’lgan takliflarini bildirdilar, bu bo’yicha muhokama o’tkazildi. Shuningdek, mamlakatimizda va xorijda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, fuqarolarning raqamli kompetentligini oshirish, unda kraudsorsing va kraudfonding texnologiyalari kabi masalalar ham asosiy baxs mavzusiga aylandi.
Konferensiya yig’ilgan ilmiy maqolalar va tezislar to’plam shaklida alohida alohida chop etildi hamda to‘plamda tezislari chop etilgan har bir muallifga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar berildi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha ilmiy asoslangan eng yaxshi takliflar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga, yirik ishlab chiqarish korxonalariga ko‘rib chiqish uchun hamda foydalanish uchun taqdim qilinishi belgilandi.
Zoom Meetings dasturi orqali o’tkazilgan konferensiyada 50 dan ortiq professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalar, ishlab chiqarish sohasi vakillari, sanoat korxonalari mas'ul xodimlari ham ishtirok etdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI