Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET TALABALARI TIBBIYOT KONFERENSIYASIDA
2017-12-18    6739

Bugungi kun yoshlarining  har tomonlama yetuk, komil, barkamol shaxs sifatida rivojlanishlari uchun davlatimiz tomonidan ulkan samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan bu sohada  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 – yil 5 – iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar itttifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi farmoni fikrimizga dalil bo’ladi desak yanglishmaymiz. Kuni kecha Andijon davlat tibbiyot institutida “Yoshlar kelajak bunyodkori ” shiori ostidagi, “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Muhimi shundaki ushbu ilmiy-amaliy konferensiya yoshlar ittifoqi tashkiloti boshchiligida olib borildi. Ushbu tadbir ADTI talabasi, boshlang’ich tashkiloti yosh olimlar yo’nalishi  yetakchisi Shohruh Ahmadaliyev tomonidan olib borildi. Anjumanni ochib berish uchun so’z navbati ADTI ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha rahbar P.A.Asxanovga so’z berildi. Asxanov o’zining Institutdagi 35 yillik faoliyati davomidagi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o’zgarishlar haqida to’xtalib o’tdi. U shuningdek, bugungi kun yoshlarining izlanishlari, ularning kelajakda erishmoqchi bo’lgan ezgu maqsadlariga yetishishlari uchun ulkan omad va zafarlar tilagan holda anjumanni ochiq deb e’lon qildi. Shundan so’ng boshlovchi Shohruh Ahmadaliyev ushbu tashkil etilgan anjuman tanlov asosida o’tkazilishini e’lon qildi va bu ishtirokchilarni anjumanga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirdi. Ilmiy-amaliy konferensiyada  ADTI professori Qosimov hamda Rahimovalar ekspert a’zolari  deb e’lon qilindi.

Anjuman boshlanishida boshlovchi tomonidan Respublikamiz  miqyosidagi ta’lim samaradorligi, yaratilayotgan shart-sharoitlar, qulayliklar va eng asosiysi ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida, shuningdek mamlakatimiz miqyosida tashkil qilingan davlat stipendiyalari (Prezident, A.Navoiy, I.Karimov, Vrachlar assotsatsiyasi, Kasaba uyushmasi, Viloyat hokimligi stipendiyalari ) haqida ham to’xtalib o’tdi.

Anjumanda, avvalo, M.Karimov o’z nutqini “Gemongiomani davolashning zamonaviy usullari” mavzusida olib bordi. Uning nutqi davomida ko’plab qiziqarli ma’lumotlar keltirib o’tildi. Shuningdek , gemongioma atamasi va u bilan kasallangan bemorlar, ularni davolash yo’llari haqida to’xtalib o’tdi. O’z ma’ruzasida bu kasallik bilan tug’ilgan bolalarga ya’ni qizlarga Anora, bolalarga Tojiddin kabi ismlar qo’yilishini va bu kasallikni davolashda fotodinamik davo eng samarali yo’l sifatida talqin qilindi.

Anjuman davomida ishtirokchilarni zerikib qolmasliklari uchun kuy-qo’shiqlar ham o’z maromida taqdim etildi. Muhimi shundaki, ADU xorijiy tillar fakultetidan  taklif etilgan mehmonlar ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Xususan, ingliz tili yo’nalishi 3-bosqich talabasi Baratova Shohida “Challenges in the translation of medical terminology”, 1-bosqich fransuz tili yo’nalishi talabasi Orifjonova Mubina “Tibbiyot sohasidagi atamalarning fransuz tilida o’qitilishi va o’ziga xos jihatlari” mavzularida qiziqarli ma’ruzalari bilan barchani qiziqarli ma’lumotlardan boxabar etdilar.

Konferensiya  yakunida g’oliblar aniqlandi: 1- o’rin ADTI davolash fakulteti 4- bosqich talabasi Abdullayev Sh, 2- o’rin ADTI davolash fakulteti 5- bosqich talabasi Rustamjonov A va 3- o’rin ADTI pediatriya fakulteti 2- bosqich talabasi Z.Inaqovalar egalladilar  va ADU Xorijiy tillar fakulteti 4 bosqich talabasi, “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Xurshidaxon A’zamjonova konferensiyaning faol ishtirokchisi yo’nalishi bo’yicha diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir so’nggida ADTI talabasi Abdumo’minova Nozima bilan ushbu anjuman yuzasidan fikr almashdik. U: “Bu kabi ilmiy-amaliy anjumanlar istedodli yoshlarni iqtidorini namoyon qilishga ko’maklashib, ilmiy salohiyatini kengaytirib, ularni yanada ruxlantirishi, yanada yuksak pog’onalarga chiqishiga zamin yaratadi va bu kabi faoliyatlarga keng imkoniyatlarni yaratib bergan Prezidentimizga tashakkur bildiraman”, deya o’zining iliq va samimiy qarashlarini bildirdi.

Ilmiy-amaliy anjumanda qatnashchilar tibbiyotga oid bilimlarini ancha kengaytirdilar. Bir so’z bilan aytganda, yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan ushbu anjuman mulohazaga boy, ko’tarinki ruhda  o’tkazildi.

Baxtigul XOSHIMOVA
Universitet xorijiy tillar fakulteti talabasi, “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” faoli
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.