Hozirgi kunda karantin sabab mamlakatimizda masofadan turib ta’lim berilmoqda. Barcha ishlar masofaviy izga ko‘chirilgan. Xususan, bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari ham masofadan turib, onlayn ravishda himoya qilinmoqda.
Joriy yilning 12-may kuni Jismoniy madaniyat fakulteti magistrantlari dissertatsiyalarining dastlabki himoyasi onlayn tarzda o‘tkazildi.
Unda fakultetining "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi" kafedrasi professor-o‘qituvilari p.f.n., v.b. professor X.X.Saliev, p.f.n., dotsent R.Zuxritdinov, dotsent Z.P.Jumaqulov va p.f.f.d., v.b. dotsent X. B. To‘xtaxo‘jaevlar kommisiya a’zolari sifatida ishtirok etdilar.
Dastlabki himoya davomida magistrantlar o‘z dissertatsiyasini qisqacha mazmuni bilan tanishtirib, professor-o‘qituvchilar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni va takliflari va maslahatlarini qabul qilib oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI