Andijon Davlat
Universiteti
QO‘SHNI DAVLATLARDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDAN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA O‘QISHINI KO‘CHIRIB KELGAN TALABALAR UCHUN ZARURIY MA’LUMOTLAR
2020-04-20    14264

Ayni kunlarda yurtimizga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan karantin e’lon qilinganligi sababli 2019-2020 o‘quv yilining baxorgi semestri masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilganligi munosabati bilan, Siz quyida ko‘rsatilgan va o‘zingizga tegishli bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi va uning mas’ul xodimi bilan bog‘lanishingiz hamda tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarni olishingiz so‘raladi.

Qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan

Andijon davlat universitetiga o‘qishini ko‘chirib kelgan talabalarga

MA’LUMOT

 

Ta’lim yo‘nalishi nomi

Ta’lim shakli

Mas’ul

 

1

Biologiya

sirtqi

Muammadyunusov Shavkatbek

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

+998 93 441-10-08

2

3

Pedagogika va psixologiya

4

Mehnat ta’limi

5

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

6

Musiqa ta’limi

7

Psixologiya (faoliyat turlari)

8

Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

9

Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi

10

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

11

Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish

12

Maktabgacha ta’lim

13

Jismoniy madaniyat

14

Informatika o‘qitish metodikasi

       

1

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

kunduzgi

Pozilov Ma’mirjon

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

+998 91 605-06-00

2

Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)

3

Matematika

kunduzgi

Qahhorov Jamshidbek

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

+998 90 549-48-59

4

Fizika

5

Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi

6

Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)

kunduzgi

Xolbo‘taev G‘ayratbek

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

+998 94 108-60-08

7

Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti

8

Kimyo

kunduzgi

Yuldashev Farruxbek

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

+998 90 624-27-03

9

Geografiya

10

 

Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi

kunduzgi

Ergashev Ravshanbek

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

+998 91 475-55-57

11

Ijtimoiy madaniy faoliyat

kunduzgi

Nurmatov Nozimjon

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

+998 97 999-07-30

12

Rang-tasvir: dastgohli

kunduzgi

Sattarov Muzaffarbek

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

+998 99 989-65-20

 

Murojaat uchun: O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor     -   93-252-24-55

                         O‘quv-uslubiy boo‘qarma boshlig‘i  -   93-244-69-56

QO‘SHNI DAVLATLARDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDAN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA O‘QISHINI KO‘CHIRIB KELGAN TALABALARGA UCHUN MA’LUMOTLAR

Ayni kunlarda yurtimizga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan karantin e’lon qilinganligi sababli 2019-2020 o‘quv yilining baxorgi semestri masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilganligi munosabati bilan, Siz yuqorida ko‘rsatilgan va o‘zingizga tegishli bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi va uning mas’ul xodimi bilan bog‘lanishingiz hamda tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarni olishingiz so‘raladi. 

  1. Siz O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni asosida (15-fevralgacha hujjat topshirib, biz e’lon qilgan ro‘yxatda ism familiyasi ko‘rsatilgan talabalar nazarda tutilyapti) Andijon davlat universitetiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgansiz. 
  1. Shuning uchun 2019-2020 o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt summasini 50 % miqdoridagi summani to‘lashingiz kerak bo‘ladi. 
  1. Siz to‘lov shartnomasini olish uchun @adu_marketing telegramm kanaliga bog‘lanishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun: +99891-611-91-77 ADU Marketing bo‘limi

Hurmatli talabalar!  mt.adu.uz platformasiga kirish haqida ko‘plab savollar bo‘lgani uchun kirish haqida ozgina eslatma yozishga qaror qildik.

Xo‘sh, platformaga kirish uchun nima qilish kerak?

Avval, siz uchun berilgan login va parolni olasiz(kunduzgi va sirtqi ta’lim tizimi uchun login parollar berildi). Eslatma, dastlab login va parol bir xil bo‘ladi(misol: st42). Login va parolni olgandan so‘ng, qo‘l telefon yoki kompyuteringgiz brauzeri orqali mt.adu.uz veb saytiga kirasiz. Agar login va parolni to‘g‘ri kiritsangiz, keyinggi sahifada ehtiyot uchun "parolni o‘zgartirish" bo‘limi chiqadi va parolni o‘zgartirishinggiz lozim(bu xavfsizlik yuzasidan).

Parolni o‘zgartirayotganingizda yangi parolinggiz quyidagi shartlarga mos kelishi kerak:

  • parolda lotin alifbosidagi bitta katta va bitta kichkina harf ishtirok kerak;
  • parolda raqamlar ishtirok etishi kerak;
  • parolda (#&_~-()/*"‘:;!?) shu kabi belgilar ishtirok etishi kerak. Namuna «(Ab12345)»

Agar platformaga kira olmayotgan bo‘lsanggiz, bu sayt ishlamayapti degani emas, ikkita sababi bo‘lishi mumkin. Birinchisi, internetinggiz yaxshi ishlamayotgan bo‘lishi mumkin.

Ikkinchisi, telefon yoki kompyuteringgiz brauzeriga veb sayt mos kelmagan. Ko‘proq,  ikkinchi sabab bo‘lganligi uchun  brauzeringgizni almashtirishinggizni tavsiya qilaman.

Parolni o‘zgartirganingizdan so‘ng, sizning shaxsiy kabinetingiz ochiladi. Keyin "Site home" tugmasini bosasiz. Oyna ochilgandan so‘ng, eng pastga tushib "Barcha kurslar" degan joyni bosasiz. O‘sha yerdan fakul’tet, yo‘nalishni tanlab, fanlarni ko‘rishinggiz(fanlar ichida ma’ruza va slayd bor), o‘qituvchi bilan aloqaga chiqishingiz  mumkin!

Marxamat sinab ko‘ring, o‘ylaymizki botga kelayotgan savollarga umumiy javob bera oldik. Buni do‘stlaringgizga ham ulashsanggiz, ularda ham muammo bartaraf bo‘lar edi. Barchaga omad!

Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar ushbu ilovani telefoningizga o‘rnating va masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishda qulayliklarga ega bo‘ling.

Ushbu ilova sizga brauzerdan kirishdan ko‘ra qulayroq.

Dastlab o‘rnatganingizda oynaning so‘ralgan joyiga https://mt.adu.uz manzilini kiritasiz. Shundan so‘ng oynada login va parolingizni kiritishingiz haqidagi so‘rov chiqadi. Ularni kiritganingizdan so‘ng programma to‘liq ishga tushadi.

Ilovani quyidagi manzildan ko‘chirib oling

https://download.moodle.org/mobile?version=2019111802.03&lang=uz&iosappid=633359593&androidappid=com.moodle.moodlemobile

Talabalar masofadan o‘qishayapti, ularning kontrakt pulida o‘zgarish bo‘ladimi?

Farhod Babashev, Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari:

Bugungi karantin kunlarida oliy ta’lim muassasalari xodimlari va professor-o‘qituvchilariga oylik maoshlari, ta’til pullari va talabalarga stipendiyalar mos ravishda davlat byudjeti va oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan o‘qish uchun to‘langan kontrakt mablag‘lari hisobidan to‘lab berilmoqda.

Shuningdek, 2020 yilning 1 aprelidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun masofaviy ta’lim berish joriy etilganligi munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy bazasini yaratishga oliy ta’lim muassasalari tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar sarflanmoqda. Masofaviy ta’lim bevosita (muloqotdagi auditoriya mashg‘ulotlari) o‘quv jarayoni grafigining ikki oyi bo‘yicha kiritilayapti.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, talabalar tomonidan joriy o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt to‘lovlari to‘liq amalga oshirilishi lozim.

Shu bilan bir qatorda, karantin davrida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga ish haqlari va mehnat ta’tili pullari,shuningdek, talabalarga stipendiya to‘lovlari belgilangan tartibda to‘lab berilishi yuzasidan vazirlik tomonidan OTMga tegishli ko‘rsatmalar berilgan va bu masalada doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Platformaga kirolmayapman?

Javob

Login parolimni o‘zgartirolmayapman?

Javob. Video.

Platformaga osonroq kirish uchun birorta programma bormi?

Javob.

O‘qishini ko‘chirganlarning login paroli qaerda?

1-Javob. 2-Javob.

Lgin va parollarini eslayolmay yo'qotib qo'yganlar o'zlari o'iyotgan fakultetning o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosariga yoki guruh murabbiyiga? sirtqi va maxsus sirtqi yo'nalishdagilar esa Sirtqi bo'lim boshlig'i o'rinbosariga murojaat qilishingiz yoki bo'limning telegramdagi kanali https://t.me/adu_ms ga ulanish orqali savollaringizga javob topishingiz mumkin. 

O‘zinggizga kerakli javobni osongina topish uchun javob degan yozuvning ustiga bosing.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.