Joriy yilning 25-mart kuni “ @BUGUNUZTM – RASMIY KANAL” telegramm kanalida berilgan “Talabalarga stipendiya berish kechikmokda: kontrakt pulini to‘lamagan o‘qishdan haydalishdan qo‘rqmoqda” nomli post joylagan.
Postda Andijon davlat universitetiga oid quyidagi jumlalar bor: “Andijon Davlat universitetining Ozodlikka bog‘langan talabalari ham 25 mart kunga kelib ham stipendiya berilmaganini ma’lum qildi:
- O‘tgan hafta rasmiylar televizordan chiqib, karantin ta’tili payti ham stipendiyalar beriladi, deb aytishdi. Lekin mana shu bugungacha stipendiya olganimiz yo‘q.”
Ushbu xabarga javoban universitet ma’muriyati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Joriy yilning 16-martidan talabalar koronavirus pandemiyasi tufayli ta’tilga chiqarilishi munosabati bilan tezkorlik bilan talabalarga mart oyi uchun stipendiyasini to‘lab berish choralari ko‘rildi. Bu haqida universitet rasmiy kanalida 2020 yilning 15 mart kuni xabar berilgan bo‘lib, 16-17 mart kunlari talabalarga stipendiyalari tushirib berilgan va universitet rasmiy kanalida e’lon qilingan.
2020 yilning 25 mart kuniga qadar universitetda byudjet va kontraktda taxsil oluvchi 1-2-3-4 kurslardagi talabalarga mart oyi uchun stipendiyalari jami 1 mlrd 995,5 mln so‘m, shundan plastik kartochkalar orqali 1 mlrd 115,8 mln so‘m va naqd pul ko‘rinishida 879,7 mln so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
Lekin 1-kursda tahsil olayotgan 556 nafar talabaga “Ipotekabank” ATIB Andijon filiali tomonidan plastik kartochkalari shu kunga qadar yetkazib berilmaganligi sababli stipendiyalar faqat naqd pul ko‘rinishida to‘lab berilmoqda. 2019 yilning sentabr oyidan to 2020 yilning mart oyigacha xech qanday muammosiz naqd pulda stipendiyalar berib kelingan. Joriy yilning 16-mart kunidan boshlab, koronavirus pandemiyasi tarqalishi munosabati bilan OTM larda o‘qish to‘xtaganligi uchun ba’zi talabalar xisobxonani berk deb o‘ylaganligi, tumanlardan yetib kelishlarini imkoni yo‘qligi yoki bexabarligi sababli stipendiyasini o‘z vaqtida kelib olmagan. Bu bo‘yicha Andijon davlat axborot xizmati universitet rasmiy telegram kanali, guruh murabbiylari orqali talabalar stipendiyalarini universitetga yakka holda kelib olib ketishi bo‘yicha xabar berilgan. Universitetning murojaatlar botiga shu masalada kelgan 57 ta murojaat ijobiy hal qilinib, stipendiyalarini naqd ko‘rinishda olib ketishlari mumkinligi bildirilgan.
Bugungi kunda ham universitet xisobxonasida uzluksiz ish tashkil etilgan bo‘lib stipendiyalarni naqd pul ko‘rinishida olinishida xech qanday muammolar yo‘q.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI