Huquqbuzarlik, giyohvandlik, odam savdosi, o‘z joniga qasd qilish, zo‘ravonlik va jinoyatchilik – insonlarni bir biridan uzoqlashtiradigan, jamiyat birdamligiga rahna soluvchi, rivojlanishning oyog‘iga tushov, yoshlarning ertasini barbod etuvchi illatlardir.
Shu va shu kabi jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illlatlarning salbiy oqibatlarini talabalar ongiga singdirish, ta’limga jalb etilmagan, uyushmagan yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishda o‘quvchi, talabalarning o‘rni masalalari yuzasidan universitetning barcha akademik guruhlarida ma’ruza, suxbat, munozara tarzidagi tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, “Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish”, “Odam savdosiga qarshi kurashish”, “Oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olish”, “Huquqbuzarlik va terrorizmga qarshi kurashish”, “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmaydi”, “Terrorizmga qarshi kurash” kabi mavzularda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Shunday ochiq muloqotlar ijtimoiy iqtisodiyot fakultetida ham bo‘lib o‘tdi. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq talimi kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Amirxo‘jaev va O‘. Muxtorovlar yo‘nalishning 1 va 2 kurs talabalariga Prezidentimizning 2017 yil 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha so‘zlagan ma’ruzasi mohiyatini tushuntirib, unda belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar hamda ularni hal etish masalalari haqida gapirdilar. Xususan, davlatimiz rahbari o‘rtaga tashlagan masalalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi xodimlari zimmasidagi masuliyat, ota-onalar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida fikr bildirdilar.
Shuningdek, psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari B.Shamsutdinov “Jinoyatchilik – taraqqiyot kushandasi”, B.Parmonov “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” mavzularida pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan davra suhbatlari uyushtirdilar.
Barcha uchrashuv va muloqotlarda so‘nggi yillarda yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, bundan ko‘zlangan maqsad xalqimiz turmush farovonligini oshirish, munosib hayot kechirishlarini ta’minlash ekanligi ta’kidlandi. Davlat idoralari, ziyolilar, mahalla faollari va boshqa jamoatchilik tuzilmalarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini birlashtirish - jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda muxim axamiyatga ega ekanligi yoshlarga tushuntirildi. Yuqorida sanab o‘tilgan manaviyatimizga yod g‘oya va illatlardan jamiyatni halos etishda yoshlar qo‘lni-qo‘lga berib, birgalikda harakat qilishi lozimligi uqtirildi.
Ma’ruzalar, davra suhbatlari, uchrashuvlarda qatnashgan talabalar o‘zlariga tegishli xulosalarni chiqargan holda, o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning qamrovini yanada kengaytirish, yoshlarni qiynayotgan muammolarga yechim topish va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishni bosh maqsad sifatida belgilab oldilar.
Huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi uchrashuvlar, davra suhbatlari, muloqotlar Andijon davlat universitetida davom etmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI