Andijon Davlat
Universiteti
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI JAMOASIGA YANGI O’QUV BINOSI TOPSHIRILDI
2020-03-12    3172

Joriy yilning 2-mart kuni Andijon davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakultetining 700 o’rinli yangi ta’mirdan chiqqan binosi  foydalanish uchun topshirildi. Fakultet uchun ajratilgan bino kapital ta’mirdan chiqqan bo‘lib, zamonaviy talablarga to‘laqonli ravishda javob beradi.

Shu kuni fakultetning yangi binosi ochilish marosimi o’tkazilib, unda fakultet dekani Z.E.Azimova, o‘quv ishlari, yoshlar masalalari bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, fakultet jamoasi ishtirok etdilar.

Kecha, 11-mart kuni universitet rektori Akramjon Yuldashev  fakultet professor-o’qituvchilari bilan uchrashdi, talabalar bilan yangi o’quv binosida yaratilgan sharoitlar bo’yicha suhbatlashdi. Rektor o’qituvchi va talabalarni yangi o’quv binosi bilan tabrikladi va bu bino ular uchun kelajakdagi yutuqlar maskaniga aylanishini tiladi.

Binoda fakultet talabalari uchun so’nggi rusumdagi 50 kompyuterdan iborat bo‘lgan informatika xonasi, ma’ruza zallari, shuningdek talabalar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkizishlari uchun alohida to‘garak xonalari mavjud bo‘lib, endilikda talabalar o‘zlari qiziqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish  imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Talabalarning yuzidagi hayajon va quvonchni ko‘rib, ularni fikrlari bilan o‘rtoqlashdik. “Keng, yorug‘ xonalarni ko‘rib juda ham xursand bo‘ldik. Bu kunlarni juda ham ko‘p kutdik, va nixoyat uzoq kutilgan kun keldi, biz talabalar yangi binoda ta’lim olishni boshladik. Ushbu binoda biz talabalarni bilim olishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, endilikda bo‘sh vaqtlarimizni ham unumli o‘tkazish imkoniyatiga egamiz. Ustozlarimizdan bilim olib, tajribalar orttirib, o‘ylaymanki kelajakda yetuk, zamon talablariga javob beradigan kadr bo‘lib yetishishga harakat qilamiz va albatta yurtimiz ravnaqi uchun o‘z xissamizni qo‘shamiz,” – deydi 206-guruh talabasi Omonboyeva Muxlisa.

Binoda shuningdek, universitet ARMining filiali tashkil etiladi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, bino ichida kichik maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilmoqda. Bu bir tomondan universitet moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun xizmat qilsa, ikkinchi tomondan talabalar uchun amaliyot o’tash, amaliy darslarni o’tkazishda katta o’rin tutadi.

Ushbu binoni saqlab qolish, to’liq ta’mirlash jarayoniga universitet rektori Akramjon Yuldashev bosh-qosh bo’ldi. Shuningdek, bevosita ta’mirlash ishlarida universitet moliya va xo’jalik ishlari bo’yicha prorektori Suvonxon Dumayevning xizmatlarini alohida e’tirof etish joiz. Fakultet dekani Ziyodaxon Azimova ham ta’mirlash ishlarida katta hajmdagi ishlarni bajarishda yelib-yugurdi. Ularning xizmatlari natijasida fakultet talabalari shinam o’quv binosida o’qishni boshladilar.

 

Hurmatli Maktabgacha ta’lim fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari yangi o’quv binosi muborak bo’lsin!

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.