Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bir-biri bilan yaqin tushunchalar. Ekilgan turfa ko‘chatlar nafaqat atrof-muhitni zararli gaz va changlardan tozalaydi, inson salomatligini balki mevasi bilan dasturxonni to‘kin etadi.
Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab daraxt ekish aksiyalari o‘tkazilmoqda. Bu aksiyalar turli hududlarda turlicha atalsa-da, lekin barchasi bir maqsad, tabiatni asrash va yurtimiz obodligi uchun xizmat qiladi. Andijon viloyat hokimi tashabbusi Andijon viloyatida “Eko hashar” ko‘chat ekish o‘n kunlik aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiyada barcha tashkilot va muassasalar qatorida Andijon davlat universiteti jamaosi ham faol ishtirok etmoqda. Bugun, 3 mart kuni o'tkazilgan ko'chat ekish aksiyasi doirasida 100 ga yaqin professor-o'qituvchilar, ishchi-hodim va talabalar ishtirok etdilar.
Aksiya dorasida barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-hodimlar va talabalar universitet hududida, o‘z uylarida, mahallalarda, farzandlarining ta’lim maskanlarida daraxt ekishga targ‘ib qilinmoqda.
Andijon davlat universiteti jamaosi tomonidan hozirga qadar 3500 dan ortiq manzarali daraxtlar, 3000 dan ortiq terak qalamchalari, 500 dan ortiq manzarali daraxtlar, 10 mingdan ortiq viola navli gul ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, universitet bitiruvchi talabalari tashabbusi bilan ushbu aksiya doirasida “1600 bitiriuvchidan 1600 ta daraxt ko‘chati” shiori ostida volontyorlik harakati boshlandi. Ushbu harakat yoshlarimizning ekologiyaga, tabiatga bo‘lgan do‘stona munosabatini ko‘rsatib turibdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, daraxtlarning kesilishi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda katta muammo sanaladi. Statistikaga ko‘ra, bir yilda dunyo bo‘yicha 130 ming kv.km maydondagi daraxtlar kesiladi. Bu – 17 mingta stadion sathiga teng. Bu yo‘qotishni kompensatsiya qilish maqsadida barcha mamlakatlarda bunday aksiyalar o‘tkaziladi.
Ikkinchidan, daraxtlar kesilmagan taqdirda ham texnologiya rivojlanyapti, zavodlar qurilyapti, aholi soni ko‘payyapti. 1 gektar yerga ekilgan daraxt bir yilda 8 kg karbonat angidridni yutib oladi va 6 kg kislorod ishlab chiqaradi. Yoki yarim gektar yerga ekilgan daraxt bir avtomobilning 42 ming km yo‘l bosib chiqargan karbonat angidridini yutishini aytishimiz mumkin. Shuning uchun faqatgina kesilgan daraxtlar o‘rniga yangisini ekish emas, iqlim o‘zgarishiga qarshi muvozanatni ushlab turish ham kerak.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI