O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-sonli qarori bilan respublikadagi 5 ta universitet, xususan, Andijon davlat universiteti qoshida Pedagogika instituti tashkil etildi.
Qarorga ko’ra hududlarda pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim sohasi uchun mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida quyidagi pedagogika institutlari tashkil etildi:
Andijon davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;
Samarqand davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;
Buxoro davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;
Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali va Termiz davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;
Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali va Qarshi davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI