Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ VAKILLARI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETDILAR
2020-02-28    2363

2020 yil 27-28-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Bosh prokuratura akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Oliy ta’lim - korrupsiyasiz soha” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Xalqaro anjuman YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda YeXHT loyihalari ko‘magida tashkil etildi.

Unda Andijon davlat universitetidan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A’zamjon Hamraqulov, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov, universitet matbuot kotibi Sharofiddin Xoshimjonovlar ishtirok etib qaytdilar.

Anjumanning birinchi kunida yalpi majlislarda ta’lim olish va xodimlarni ishga qabul qilish, akademik halollik madaniyati, oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashda AKTdan unumli foydalanish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Bosh prokurotura akademiyasida o‘tkazilgan Xalqaro anjumanning ikkinchi kunida oliy ta’limda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalasida xalqaro ekspertlar ishtirokida trening tashkil etildi. Treningda YuNESKO eksperti Myuriel Puasson xonim hamda Baxtiyor Nazarovlar tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, tizimda eng korrupsiyalashgan yo‘nalishlarda bu illatni minimallashtirish bo‘yicha aniq mehanizmlar ishlab chiqish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Konferensiya ishtirokchilarga oliy ta’lim tizimidagi korrupsiyani oldini olish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish, ularni qo‘llash bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni o‘zlshatirish imkonini berdi. Yakunda ushbu semnarlar hududlarda ham tashkil etilishi rejalashtirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.