Andijon Davlat
Universiteti
TARTIB VA INTIZOM BOR JOYDA YUKSALISH BO’LADI
2020-02-27    2553

Bugun Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov ishtirokida universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan muloqot-uchrashuvi o’tkazildi.

Uchrashuvda universitet rektori Akramjon Sultanmuradovich Yuldashev, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va faol talabalar ishtirok etdi.

Tashrif avvalida, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Andijon davlat universiteti talaba–yoshlari tomonidan tashkil qilingan ijodiy ishlar, san’at, rassomlik, she’riy asarlar, qo‘l mehnatlari, tanlovlarda qo‘lga kiritilgan sovrinlarni qamrab olgan ko‘rgazma tashkil qilindi.

O‘tkirbek Shukurov talaba-yoshlarga bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarda yoshlarning o‘rni, yoshlarga har sohada o‘zlarini imkoniyatlardan oqilona foydalanish haqida fikrlar bildirish barobarida talabalarning hayotga munosib tayyorgarligi, har sohada faol bo‘lishlikka chaqirdi. Bu borada viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning olib borayotgan say’i harakatlari yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonch namunasi ekanligini e’tirof etdi.

Jumladan, tuman, shahar hokimliklarida faol yoshlarning deputatlar bilan bir safda harakatlarning amalga oshirganligi o‘zining ijobiy samarasini berganligini ta’kidladi. Shu kunlarda viloyatdagi mavjud umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalariga universitetning bitiruvchi talabalarining o‘n kunlik muddatga rahbarlikka tayinlanayotganligi ham yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonch bilan bir qatorda ularga yuksak mas’uliyat yuklashligi haqida gapirib o‘tdi. Talaba-yoshlarning talaba degan nomga mas’uliyat bilan yondashishlari avvalo, ularning o‘qishga bo‘lgan munosabatlarida nomoyon bo‘ladi. Darslarga kech qolib kelish, talabaga xos bo‘lmagan liboslarda ta’lim muassasasiga kelishlik yoshlarni o‘zini hurmat qilmasligi natijasi ekanligini bildiradi. Fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, guruh murabbiylari, yoshlar ittifoqi faollari hamkorligi salbiy holatlarga chek qo‘yish uchun katta kuchdir.

Bu borada universitet rektori A.S.Yuldashev bugungi uchrashuvda ko‘tarilgan masalalarga ijobiy yechim topish, universitet jamoasining barcha jabhalarda faol bo‘lishini bildirdi.

Uchrashuvdan so‘ng, Respublika bo‘ylab davom etayotgan “EKO-AKSIYA” doirasida universitet hududida O‘.I.Shukurov ishtirokida 100 tup daraxt ko‘chatlari ekildi. O‘tkazilgan tadbirlar viloyat televideniyasi tomonidan tasvirga olindi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.