2017 yil 15 dekabr kuni Andijon davlat universitetning katta majlislar zalida universitet rektori professor A.S.Yuldashev bilan fizika-matematika fakulteti talabalari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda A.S.Yuldashev Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlarni talabalar ongi-shuuriga yetkazishga, siyosiy islohotlar bo’yicha bilimlari ko’lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.
Muloqotda rektor tomonidan bugungi davr talabasi qanday bo’lishi kerakligi, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, guruh sardorining vazifalari, “Yoshlar ittifoqi” guruh yetakchisining bugungi kun talabiga javob berishi, oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga yoshlarning qo’shayotgan hissalari, yoshlarning o‘qib bilim olishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Muloqot davomida talabalar ta’lim sifatini yaxshilash, talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, talabaning ichki madaniyati, tanlagan yo’nalishi bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishlari uchun o’z oldiga qo’ygan maqsadni amalga oshirishda o’zaro hamjihatlikda hamda o’qib o’rganishda do’stona raqobat muhitini shakllantirishga e’tibor qaratishlari kerakligi ta’kidlab o’tildi.
Muloqot vaqtida talabalar o’zlarining barcha qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar.
Erkin tarzda o’tkazilgan ochiq muloqot talabalarda ilmiy hayotga qiziqish uyg’otib, keng mazmunli taassurot qoldirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI