Andijon Davlat
Universiteti
KIMYO VA BIOLOGIYA YO’NALISHIDAGI TADQIQOTCHILAR “ILG‘OR TEXNOLOGIYALAR MARKAZI”DA BEPUL TEKSHIRUVLAR O’TKAZISH IMKONIYATIGA EGA BO’LADI
2020-02-26    2716

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohimjon Abdurahmonov Andijon davlat universitetida vodiy olimlari bilan ilm-fanni rivojlantirish va uni tijoratlashtirish masalasida suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida matematika, kimyo, biologiya sohalari bo’yicha yosh tadqiqotchilari va ularning ilmiy rahbarlari bilan tadqiqotlar holati bo’yicha muhokama o’tkazildi. Ibrohim Abdurahmonov biologiya va kimyo yo’nalishida tadqiqotlar davomida o’tkaziladigan tekshiruvlar tadqiqotchi uchun qimmatga tushishi bo’yicha murojaatini inobatga olib, bu haqiqatda tadqiqotlarni ortga surayotganini bildirdi. Vazir yosh tadqiqotchilar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tasarrufidagi “Ilg‘or texnologiyalar markazi”da bepul tekshiruvlar o’tkazish imkoniyatini taqdim etish Prezident qarori loyihasiga kiritilishini va kelgusida bu albatta yo’lga qo’yilishini aytib o’tdi.

Suhbat davomida "Kimyo va biologiya yo'nalishida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion ishlarni natijadorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'grisida"gi O'zbekiston Respublikasi Qarori loyihasini muhokama qilish, unda mavjud bandlarni takomillashtirish, qo'shimchalar kiritish bo'yicha akademiklar, fan doktorlari, yosh olimlar bilan maslahatlashib olindi.

Ibrohim Abdurahmonovga qaror loyihasi yuzasidan 50 ga yaqin taklif va mulohazalar bildirildi. Vazir har bir olim bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini qayd etib bordi, yo'nalishlar bo'yicha o'rinbosarlari va mas'ullarga topshiriqlar berdi.

Ayniqsa, vodiy tadqiqotchilari uchun innovatsion tadqiqot markazi, kimyo va biologiyaga oid umuman olganda fanlar bo'yicha xorijiy adabiyotlar tarjima markazini tashkil etish, magistratura mutaxassisliklariga yo’nalishga ixtisoslashtirilgan innovatsion ongni shakllantirish bo'yicha maxsus fanlarni o'qitish, laboratoriyalar tashkil etish, yirik davlat organlarida yetuk olimlardan iborat kengashlar tashkil etish va shu kabi takliflar bildirildi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.