Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA “AGROEXPO” BIRINCHI QISHLOQ XO’JALIGI YARMARKASI O’TKAZILMOQDA
2020-02-25    2627

Bugun, 25 fevral kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar yo‘nalishida Andijon innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning rasmiy ochilish marosimida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, Hindistonning Gujarat shtati vakillari Nath Group kompaniyasi raisi Nanda Kishore Kagliwal ishtirok etdi. 

Ko’rgazma 25-26-fevral kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi, shu jumladan Gujarat shtati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov respublikada ilk hududiy innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi aynan Andijonda o‘tkazilish sababi haqida gapirar ekan, Prezidentimiz meva-sabzavotchilik klasterlarini tuzish bo‘yicha bergan topshiriqlarini o‘rganish davomida juda ko‘p g‘oyalar, innovatsiyalar xalqimiz, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar qo‘lida ekaniga guvoh bo‘lib, ularning namoyishini tashkil etish g‘oyasi chiqqanini ta’kidlab o‘tdi.

Ko‘rgazmada 50 dan ishlab chiqaruvchilar, 10 dan ortiq OTM va ITIlar, Belarus, Hindiston, Janubiy Koreyadan (Yoon Sook, On – KCOOPSAGRO kompaniyasi ijrochi direktori, Andrea Huh – KCOOPSAGRO KCOOPSAGRO kompaniyasi bosh direktori, Jung Chul Lee – professor, Chae DooByeong – Saemangeum Social Cooperative - kompaniyasi direktori) xorijiy hamkorlar, vodiy viloyatlaridan 500 dan ortiq ishtirokchilar ham qatnashmoqda. Tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar bilan olimlar o’rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalar, magistrantlar hamda doktorantlarning izlanishlari natijalarini namoyish etish asosiy vazifadir.

Unda universitetimiz olimlarining qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha tadqiqot natijalarini taqdim qildilar. Xususan, amarant o’simligidan dorivor mahsulotlar, chorva uchun ozuqa, elektr energiyasisiz yuqoriga katta bosimda suv chiqaruvchi qurilma va boshqa mahsulot va ishlanmalar namoyish etildi. Olimlarimiz M.Mo’minov va N.To’xtaboyevlarning amarant o’simligi bo’yicha olgan natijalari qator sohalarda katta samara berishini asoslab berdilar. Xususan, Oziq-ovqat sohasida amarant donidan tayyorlangan un va bargi sifatli, foydali oziq-ovqatdir. Moyi temir, fosfor, kaliy, V1, V2, Ye va D vitaminlar guruhi, fosfolipidlar, fitosterollarga boy; Chorvachilik va parrandachilikda ko‘k massasi va kunjarasi yuqori energetik sifatli oqsil-vitaminli yem bo‘lib, ayniqsa nasldor qoramollar uchun zarur ozuqadir. Tuxum miqdori va brollerchilikda yuqori samarasi isbotlagan, Silosi makkajo‘xorinikiga nisbatan 3-4 marta ko‘p, protein miqdori 6-8 marta yuqori; Tibbiyotda xolesterinni biosintez qilishda, onkologik va yurak qon-tomirlaridagi muammolar, ishemik kasalliklar, organizmni radionuklid, og‘ir metal tuzlaridan tozalash, yuqumli kasalliklar, gerpes, psoriaz, vitiligo, neyrodermit, ekzema, atopik dermatit, oshqozon-ichak yaralari, qandli diabet, jigar xastaligi, siydik-jinsiy organlarining shamollashi, ateroskleroz, anemiya, avitaminoz, stenokardiya, gipertoniya kabilarda keng foydalaniladi. Immunitetni keskin oshiradi, kamqonlikka qarshi kurashda tengsiz vosita hisoblanadi; Sanoatda kosmetologiya uchun bebaho xom ashyo hisoblanadi; Energetikada amarant biogaz olish texnologiyasida samarador stimulyator bo‘lib, organik massaning bijg‘ish jarayonini tezlashtiradi, biogaz miqdorini ko‘paytiradi; Silosidan olinadigan biogaz miqdori qoramol go‘ngiga qaraganda 3 marta samarador.

 

Shuningdek, viloyatlar orasida birinchi marta universitetimiz olimlari loyihasi asosida Marhamat tumanida Innovatsion rivojlanish vazirligining Andijon tajriba-ko‘rgazma maydoni tashkil etildi.

Ko’rgazma ertaga 26-fevral kuni ham davom etadi. Paxta-to‘qimachilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, parrandachilik, baliqchilik klasterlari bo‘yicha taqdimotlar, yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy va maxalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar, tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimlari o'tkaziladi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.