Andijon Davlat
Universiteti
SHUHRATBEK ABDURAHMONOV: ADU TALABALARI KELASI XAFTADAN VILOYAT TA’LIM TIZIMIDA RAHBARLIK QILADI
2020-02-25    2957

Bugun, 25-fevral kuni Andijon davlat universitetida navbatdagi "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Viloyat rahbari Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetining talaba-yoshlari bilan samimiy muloqot qilar ekan, yoshlarning intellektual salohiyatiga, odob-ahloqiga, erishayotgan yutuqlariga yuqori baho berdi. Suhbatda viloyat hokimi talabalar bilan ochiq gaplashib, ularga o‘zining hayotiy tajribalaridan misollar keltirib o‘tdi.

Suhbat davomida Shuhratbek Abdurahmonov kelgusi xaftadan boshlab viloyatdagi ta’lim muassasalari, viloyat va tuman XTB larida universitet talabalari 10 kunga rahbarlikka qo‘yilishini ma’lum qildi. Bunda 1500 ga yaqin talabalar suhbat asosida xafta oxiriga qadar saralanadi. Ular 10 kun davomida ta’lim muassasalarini mustaqil boshqarishlari aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida bir qator faol yoshlarning takliflari, innavatsion g‘oyalari, ilmiy izlanishlari va oliy ta’lim tizimi to‘g‘risidagi fikrlarini tinglandi.

Shuningdek, viloyat rahbari talabalar bilim olishlari uchun ta’lim dargohida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga ta’lim dargohida talaba yoshlar uchun yanada qulayliklar yaratish borasidagi tegishli ko‘rsatmalarni berdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.