Andijon Davlat
Universiteti
KITOBXONLIK FESTIVALI: YOSH KITOBXON
2017-12-15    8040

14- dekabr universitetimizda kitobxonlik festivalining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Prezidentimizning "O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3138 sonli qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi"ning 45- bandida yosh avlodning kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intelektual saloxiyati va ma'naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida o'tkazilgan "Yosh kitobxon" respublika tanlovining viloyat bosqichi ham festival doirasida o'tkazildi.

Tanlov yakuniga ko'ra 14-19 yoshdagi kitobxonlar o'rtasida:

1-o'rinni D.Ne'matullayeva

2-o'rinni S.Tojimatova

3-o'rinni A.A'zamovlar qo'lga kiritdi.

20-31 yoshdagilar o'rtasida:

1-o'rin F.Altinova

2-o'rin B.Abdusalomov

3-o'rinni G.Arabboyevlar egallashdi.

Tanlovning barcha 1-o'rinni egallagan ishtirokchilari o'z navbatida Respublika bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini ham qo'lga kiritishdi.

MuhammadAli SOLIJANOV
Fizika-matematika fakultetining "O'zbekiston yoshlar ittifoqi" yetakchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.