Millatimiz faxri bo'lgan buyuk ajdodlarimiz, ulug' zotlar benihoya ko’p. Sohibqiron Amir Temur, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Bobur, Abdulla Qodiriy va boshqa allomalarimizni har bir vatandoshimiz inson biladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ajdodlarimiz Vatanimiz rivojiga qo'shgan hissasi beqiyosdir, shuning uchun biz ularga munosib farzand bo'lishimiz kerak.
Kecha, 20 fevral kuni "Buyuk ajdodlarimizga munosib farzand bo'laylik" mavzusida pedagogika fakultetining 1-kurs talabalari ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari U.Valiyev ochib berdi. Buyuk ajdodlarimizni adabiyotga, o'zbek tilimizga va Vatanimiz rivojiga qo'shgan xissasi haqida aytib o'tdi. "O'sib borayotgan yosh avlodni ajdodlarimizga munosib farzand tarbiyalash har birimizni oldimizga qo'ygan vazifamizdir," - deydi pedagogika fakukteti dekan o'rinbosari U.Valiyev.
Buyuk sohibqiron Amir Temur hayotidan, Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" asari asosida sahna ko'rinishlari namoyish etildi. 106-guruh iqtidorli talabasi Abdulla Qodiriy she'rini o'qib berdi.
So'ng, fakultetimiz talabalari tayyorlagan videorolikni namoyish etishdi. Buyuk yozuvchilarimizni g'azallari, she'rlari, fakultetimiz talabalari tomonidan ifodali o'qib berildi. Navbat fakultetimiz talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-u raqslarga berildi.
Tadbir so'ngida barcha guruh murabbiylariga shuningdek M.Maxammatovaga va talabalarga fakultet dekan o'rinbosari U.Valiyev o'z minntadorchiligini bildirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI