Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 31-yanvar kuni olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv o’tkazib, unda ilm-fan sohasidagi eng muhim vazifalar muhokama qilingandi. Ucharshuvda davlatimiz taraqqiyotini ilm-fan rivojisiz tasavvur etish qiyin ekanini bir necha bor ta’kidlandi. Ayniqsa, matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalariga alohida e’tibor ko’rsatish lozim ekanini, bu fanlar rivoji bevosita iqtisodiyotni rivojiga katta xissa qo’shishi bildirildi.
Andijon davlat universiteti ham matematika yo’nalishi bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlashda o’z an’analariga ega. Universitetda yetuk matematiklar avlodi shakllangan va ular yosh tadqiqotchilarga fan rivoji yo’lida o’z bilim, tajribalarini o’rgatib kelmoqdalar. Matematika kafedrasi mamalakatimizning yetakchi OTM va ITIlari olimlari bilan keng miqyosda hamkorlik qilib kelmoqda. Prezidentimiz bilan uchrashuvda alohida e’tirof etilgan buyuk matematik olim, akademik Abdulla A’zamov bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan, olim ilmiy rahbarligida ko’plab yosh tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Bugun, 20-fevral kuni Fizika-matematika fakultetida o’tkazilgan Farg’ona vodiysi matematiklarining an’anaviy seminari ham ayni hamkorlik aloqalari doirasida tashkil etildi. Unda Farg’ona vodiysidagi OTMlarning taniqli matematiklari, jumladan, seminar raisi prof A.O'rinov, prof. M.Rahmatullayev, prof. O.Oppoqov va 100 ga yaqin matematik olim va yosh tadqiqotchilar qatnashdilar.
Seminar ishida matematikaning dolzarb masalalari yuzasidan yirik olimlarning tadqiqotlaridan olingan xulosalari, yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlari bo’yicha muhokamalar o’tkazildi.
Xususan, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi V.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti katta ilmiy hodimi, Butun jahon Fanlar akademiyasi akademigi, f-m.f.d O'tkir Roziqov ma'ruza bilan ishtirok etdi. O'.Roziqovning “Ikki jinsli populyatsiyaning dinamik sistemalari: natijalar va ochiq masalalar” mavzusidagi ma’ruza yosh tadqiqotchilar uchun katta maktab rolini o’ynadi. Shuningdek, NamDU dotsenti Hilola Najmiddinovaning "Kompyuter o'yinlari vositasida ta'lim oluvchilarning matematik savodxonligini oshirish" mavzusidagi, TDAU Andijon filiali mustaqil tadqiqotchisi Ilhom Zulfixarovning "Oliy ta'lim muassasalarida matematikadan o'quv mashg'ulotlarini samarali tashkil etish metodikasini takomillashtirish" mavzusidagi ma'ruzalari ham keng muhokama qilindi.
Yosh tadqiqotchilardan Andijon davlat universiteti doktoranti Abzalova Kamolaning “Jarayonlarni normallikka tekshirishning nazorat kartalari usuli haqida”gi ma’ruzasi bo’yicha muhokama ham juda qiziqarli o’tdi. Olimlar ushbu ish bo'yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar va ishga yuqori baho berdilar.
Seminar so’nggida Andijon viloyati tumanlaridagi mavjud matematikaga ixtisoslashgan maxsus maktablarga taniqli matematiklarni biriktirib, shu orqali matematika fanlarini rivojlantirish belgilandi, yosh o’quvchilarda fanga qiziqishni kuchaytirish, bilimli o’quvchilarni saralab, ular bilan alohida ishlash dasturini muhokama qildilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI