Bugun, 18 fevral kuni, Chet tillar fakultetining Kasbiy rivojlanish markazi (PDC)da trener Mamadalieva Gulru tomonidan "Yozma nutqda mantiqiy izchillikka erishish" mavzusida seminar-trening o’tkazildi. Unda fakultetning ingliz tili kafedralari professor-o’qituvchilari faol ishtirok etdilar va talabalarning yozish ko’nikmalarini oshirishda mantiqiy izchillikni rivojlantirishga doir o’qitish texnologiyalari bilan tanishdilar. Mazmunli va baxs-munozaralarga boy treningda o’qituvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday mashg‘ulotlar xaftaning har seshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirib olingan. Universitetimizning barcha ingliz tili o’qituvchilarini, jumladan, fakultetlararo chet tillar kafedrasi o’qituvchilarini xam safimizga chorlab qolamiz.
Kasbiy rivojlanish markazi Andijon davlat universitetining Chet tillar fakultetida 2019-yilning yanvar oyidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kasbiy rivojlanish markazi oliy ta’lim muassasalari qoshida yoki OTMning xorijiy tillar kafedrasi qoshida tashkil etilishi nazarda tutilgan bo‘lib, u quyidagi 2 xil auditoriyaga mo’ljallangan:
- Ingliz tili o‘qituvchilariniig til va kasbiy bilim va malakalarini yanadarivojlantirishning zamonaviy usullarini qo‘llash uchun qulay muhit yaratish;
- OTMdagi nofilologik (turli Fanlar) professor-o‘qituvchilarning ingliztiliga oid bilim va malakalarini oshirish, ularni xalqaro loyihalartayyorlash hamda xalqaro testlar topshirish kabi malakalarini o‘zlashtirishgako‘maklashish;
Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, Andijon davlat universiteti qoshidagi Kasbiy rivojlanish markazi O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi (British Council Uzbekistan) ning 2018-yil 16-oktabrdagi xatiga binoan, ingliz tilini o‘rganish va o‘qitish sohasidagi doimiy hamkorlikni rivojlantirish va kelgusida qo‘llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarining talabalari va o‘qituvchilariga ingliz tilini mustaqil o‘rganish usullari va prinsiplari, ingliz tilini o‘qitish usullari va prinsiplari, o’qish va so’zlashuvni tashkil etish prinsiplari, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro nashrlarni tayyorlash xamda IELTS xalqaro imtihoniga tayyorlash bo‘yicha seminarlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI