Andijon Davlat
Universiteti
BBC «BOBURIY MALIKALAR IZIDAN» NOMLI UCh QISMLI HUJJATLI-DRAMATIK FILM SURATGA OLDI. FILM LAVHALARIDA ADU HAM AKS ETTIRILGAN
2020-02-17    2903

BBC News O‘zbek xizmati «Boburiy malikalar izidan» nomli uch qismdan iborat hujjatli-dramatik film suratga oldi. Unda boburiylar saltanatida yashab o‘tgan uch malika - Esondavlat begim, Xonzoda va Gulbadan begimlar haqida hikoya qilinadi.

«Kuch-qudrat, mardlik va qahramonlik ko‘pda erkaklarga xos ko‘riladi. Ayollar tomonidan qilingan fidokorlik esa, xoh o‘tmishda bo‘lsin, xoh bugun, o‘zgacharoq talqin topadi va osonlikcha e’tirof etilmaydi.

Maqsad ana shunday parda ortida qolgan, ko‘pda nomlari tarix darsliklaridan tushib qoladigan jafokash ayollarning bugungi avlod uchun ibratli bo‘lgan hayotiga nazar tashlashdir», deyiladi BBC News O‘zbek xizmati xabarida.

Filmning dastlabki qismi Zahiriddin Muhammad Boburning buvisi Esondavlat begimga bag‘ishlangan. Unda Boburshoh oilasidagi ayollar hayotining ochilmagan qirralariga e’tibor qaratilgan.

Yana bir e’tiborli jihati — O‘zbekiston, Hindiston va Afg‘onistonda suratga olingan ushbu filmda ishtirok etgan mutaxassislar hamda suhbatdoshlar xotin-qizlardir.

Andijon davlat universiteti bilan bu filmni nima bog‘lab turadi dersiz. Ushbu tarixiy hujjatli filmni suratga olish ishlari Andijon davlat universitetida ham amalga oshirilgan. Unda universitetimiz talabasi Zarnigor O‘rmonova ham o‘z intervyusi bilan ishtirok etgan. 2019 yil aprel oyining so‘nggi  kunlarida amalga oshirilgan suratga olish ishlarida universitet axborot xizmati boshlig‘i hamda hodimlari: Dostonbek Qodirov va Furqatbek Nodirbekovlar katta xizmat ko‘rsatdilar.

Filmning keyingi qismlarida ham universitetimizda olingan lavhalar aks ettiriladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.