Andijon Davlat
Universiteti
FILOLOGIYA FAKULTETIDA BOBURXONLIK KECHASI
2020-02-14    3009

Avval xabar berganimizdek, universitetimizda Bobur bobomizning 537 yilligi keng nishonlanmoqda. Bugun, 14-fevral kuni Filologiya fakulteti talaba-yoshlari ijrosida millatimizning porloq yulduzlaridan biri benazir shoir va sarkarda tavalludiga bag’ishlab Boburxonlik kechasi tashkil etildi.

Badiiy kechani universitet rektori Akramjon Yudashev ochib, “Turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, yirik davlat arbobi va Boburiylar saltanati asoschisi sifatida dunyo tarixida oʻchmas iz qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotshunos, tarixshunos olim va shoir sifatida xalqimiz ma'naviy madaniyati tarixida munosib oʻrin egalladi." 

Shundan soʻng alloma haqida dotsent Bahodir Rahmonov adabiyot, nafis san'at, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr qoʻygan Boburning turli xil sinovlarga juda katta kuch va chidam bilan javob bera olganligi, uning nodir asarlari nafaqat oʻzbek adabiyoti, balki jahon adabiyotiga oʻziga xos oʻrin tutganligini aytib oʻtdi. Ustoz Xayrullohxon Umrzaqov esa Bobur va Boburiylar tarixi, adabiy me’rosi haqida tadqiqotlarni jamlagan bibloigrafiya va to’plam, uning ahamiyati haqida yig’ilganlarga ma’lumot berdi.

Boburxonlik kechasini talabalarning bayt-u baroqlari, Boburning ruboiy va g’azallarining ijro etilishi bezab berdi. Bunda talabalarning topqirligi va xotirasi, Boburning ijodining qanchalik o’rgangani yaqqol namoyon bo’ldi.

Shuningdek, dastur davomida Boburning Afg’oniston tog’laridagi hayoti, Hindiston taxtini egallab, u yerdagi hayotini aks ettirgan sahna ko’rinishlari uning ichki kechinmalari, qiyinchilikka to’la hayot, yurt sog’inchi, vatanga muhabbatini juda ham ta’sirli ravishda ko’rsatib bera oldi.

Bobur ruboiy va g’azallari asosida tayyorlangan “Guloyim”, “Bahor ayyom”, Boburga bag’ishlangan “Anda jonim qoldi” kabi qo‘shiqlar ishtirokchilarning qalblariga insoniylik, vatanparvarlik kabi tuyg’ularni jo etdi. 

Yakunda universitet ma’muriyatining faxriy yorliq va kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan 30 dan ortiq “Boburnoma” asarlari nto’plami bilan taqdrilandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.