Andijon Davlat
Universiteti
TALABALAR TASHABBUSI: GURUHDA “YOSH KITOBXON” TANLOVI O‘TKAZILDI
2020-02-14    2542

Talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida universitetning tarix fakulteti “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” yo‘nalishi 1-bosqich 109-guruh talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga Respublika “Yosh kitobxon” tanlovi sovrindori, guruh talabasi Shoxsanam Karimova boshlovchilik qildi.

Fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Djumaboev, fakultet murabbiylar kenshash raisi B.Tojiboevlardan iborat hakamlar hay’ati talabalarni bilimlarini belgilangan kitoblarni o‘qiganligi, asarning mazmun-mohiyatini tushunganligi va uni tahlil qilib bera olish qobiliyatiga, berilgan savollarga to‘g‘ri javob berganligiga qarab baholab borishdi hamda quyidagi talabalar sovrindor deb topildi:

1-o‘rin Umida Qodirova
2-o‘rin Mohina Jalilova
3-o‘rin Arobidin Xolmirzaev.

Tanlov yakunida g‘oliblar fakultet tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi. Ular fakultet miqyosida o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Guruh murabbiysi Marg‘uba Nosirova hamda talaba Karimova Shoxsanamxonlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovi qiziqarli o‘tdi. Shartlarda mustahkam xotira, keng dunyoqarash va asarlarni to‘g‘ri tahlil qila olish qobiliyati talabalarning bilimlarini mustahkamlashga sabab bo‘ldi. Tanlovga tayyorgarlik davomida badiiy asarlarni o‘qidilar va kitob – eng yaxshi do‘st, eng kuchli tarbiyachi ekanini angladilar. Ular ma’naviy ulg‘ayishni, dunyoqarashidagi o‘zgarishlarni his qildilar. Bu kabi tanlovlar tashkil etilishi yoshlarni bilim olishga, kitob bilan do‘stlashishga o‘rgatadi.

Bobur Saksonboyev
Tarix fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.