Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA BOBUR TAVALLUDINING 537 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA
2020-02-13    2381

Zahiriddin Muhammad Boburning 537 yillik Andijon davlat universitetining barcha fakultetlarida nishonlanmoqda. Xususan, Tarix fakultetida alloma tavalludiga atab futbol musobaqasi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tarix fakulteti talaba yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida guruhlararo sportning futbol turi bo‘yicha “Dekan kubogi uchun” sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqasi natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni 3-bosqich talabalari egalladilar. G‘oliblar fakultet dekanati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, guruhlararo “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bellashuvda talabalar bor bilim va ko‘nikmalarini ishga soldilar. Bellashuv natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni 103-guruh “Gerodot” jamoasi egalladi. Bellashuvda faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar hamda faol ishtirokchilar fakultet dekanati tomonidan munosib tarzda taqdirlandilar.

San’atshunoslik fakultetida ham ushbu kun o‘ziga xos tarzda nishonlandi. Tasviriy san’at yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida Bobur timsolini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. 30 dan ortiq talabalar Bobur siymosini o‘z tasavvuridagi in’ikosini tasvirladilar.

Shuningdek, an’anaviy xonandalik, musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari esa Bobur g‘azallari asosida tayyorlangan qo‘shiqlar tanlovi o‘tkazildi. 10 dan ortiq qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilar tomonidan qo‘shiqlar ijrosi baholandi.

Tadbir davomida talaba qizlar milliy raqslarimizni ijro etdilar, talabalar tomonidan Bobur hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi tashkil etildi. Tadbir so‘nggida tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.