Andijon Davlat
Universiteti
IJODKOR IJODIGA IJODIY NAZAR
2020-02-12    2478

O'lkamizga bahor nafasi ufurmoqda. Qish fasli asta-sekin o'z o'rnini bahorga bo'shatmoqda. Quyosh o'zining iliq nurlari ila nafaqat atrofni, balki qaxratondan toliqqan qalblarimizni ham asta-sekin iliqlik nurlariga o'ray boshladi. Borliq o'zining bor ranglari bilan jilolanib borar ekan, insonlar o'zgacha bir quvonch, zavq va go'zal hissiyotlarni tuya boshlaydi. Ayniqsa san'at ahli uchun bahorning kirib kelishi bu yangi g'oyalar, izlanishlar va ilhombaxsh palladir. Bahor – bu fasllarning ichida yangilanish, yangi davrning boshlanishi, tabiatning yana bir yangi sahifa ochishidir.

Yurtimizda ham ana shunday yangilanishlar, ezgu g'oyalar va imkoniyatlar davri. Yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus, hamda shu doirasida o'tkazilgan ishlar, ularning ijrosini shular jumlasidandir.

Kuni kecha San'atshunoslik fakultetida ham mana shu tashabbusning rassom ustaxonasiga tashrif loyihasi doirasida ijodkorlar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ijodiy kechaga Andijon rassomlar uyushmasi a'zosi, amaliy san'at va miniatyurachi rassom, Shuhrat medali sohibi Abdullajon Jo'raboyev tashrif buyurdilar va TSMG yo'nalishi talabalari bilan uchrashdi. A.Jo'raboyev 1946-yil 1-iyulda Andijon shahrining ziyoli oilalaridan birida tavallud topgan, Toshkent teatr va rassomchilik institutini 1970-yilda a'lo baholarga tamomlagan, iste'dodi tufayli chizgan asarlari Toshkent xalq amaliy san'at muzeyida, Respublika tarix muzeyida, Andijondagi Bobur nomidagi muzeyda, bir qancha chet mamlakatlarida, jumladan: Yaponiya tasviriy san'at galeriya muzeyida, Bolgariya va AQShning bir qator muzeylarida saqlanadi. Hozirda fayzli oilaning boshi, 5 nafar farzandlarning otasi.
Mana shu ijodiy kechani uyishtirilishida katta hissa qo'shagan TSMG kafedrasi mudiri B.Haqberdiyev ushbu inson haqida nafaqat iste'dodli rassom, shu bilan birga samimiy va ochiqko'ngil inson deya ta'rif berdi.

Uchrashuv qiziqarli suhbatlarga boy bo'ldi va albatta tadbir davomida A.Jo'raboyev tomonidan o'tilgan mahorat darslari talabalarda o'z sohasiga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi. TSMG yo'nalishi 1-bosqich 102-guruh talabasi Abduraximova Sadoqatni suhbatga tortganimizda, tadbir qiziqarli o'tganligi, A.Jo'raboyev hayot yo'li barchaga o'rnak bo'lgani va albatta bunday ijodiy kechalar ko'proq uyushtirilishi kerakligini aytib o'tdi.

Mana shunday ijodiy kechani uyishtirishga katta hissa qo'shgan TSMG kafedrasi rahbari B.Haqberdiyevga va TSMG kafedrasi o'qituvchilariga barcha talabalar nomidan minnaddorchilik bildirib o'tamiz. O'ylaymizki, bunday tadbirlar yanada ko'plab o'tkaziladi.

 

Rasulova Mukarramoy
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.