Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON SHAHRI PROKURORI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
2020-02-12    3222

Bugun zamon talabiga javob beraman degan har qanday darajadagi rahbar jamiyatni asosini tashkil qiluvchi yoshlarga alohida e’tibor berishi, ularning muammolariga o’z yo’nalishi bo’yicha yechim topishi lozim. Mamlakatimizda ayniqsa, bu yil yoshlar siyosatida tub burilish yili bo’lishi aytilmoqda. Turli darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash, ularni muammolarini hal etish, eng asosiysi, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ish bilan ta’minlashni bosh maqsadga aylantirishi lozim.

Ayni shu muhim jihatlarni inobatga olgan holda kuni kecha, 10 fevral kuni universitetga Andijon shahri prokurori Qurbonali Asqarov, shahar xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim bo’limi rahbarlari, turli soha mas’ullari tashrif buyurdi. Shahar prokurori sektor rahbari sifatida universitet talabalari, Andijon shahri yoshlari bilan uchrashdi va muloqot o’tkazdi.

“Muxtaram prezidentimiz biz rahbarlarga pastga tushing, muammolarni hal qiling va yoshlar bilan muloqotda bo‘ling demoqda. Bugun faqat sizlarni eshitish uchun kelganman va bu yerda Andijon shahridagi barcha tashkilotlarning mutasaddi vakillari ishtirok etmoqda. Sizlarni qiynayotgan barcha muammolarni birga yechamiz, taklif va tashabbuslarni eshitamiz hamda qonun doirasida amalga oshiramiz,” – deydi Qurbonali Asqarov kirish so’zida.

Muloqot amaliy ruhda o’tdi. Tashrif buyurgan yoshlar ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash, kredit ajratish, pulli sport to’garagini tashkil etish va shu kabi ko’plab masalalarda o’z muammolarini aytdilar. Shuningdek, ishtirokchilar orasida turli takliflar ham bildidirildi. Savollar, taklif mulohazalar bo’yicha mutasaddilarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Ushbu yig’ilish ochiq ruhda o’tdi, muammolar ko’rsatildi, foydali masalalar muhokama qilindi. Endi mas'ullardan ushbu berilgan topshiriqlar ijrosini kutib qolamiz.

 

Mavlonov Shohjahon
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.