Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA NAVOIYXONLIK KECHASI TASHKIL ETILDI
2020-02-11    2590

Inson qalbining quvonch-u qayg'usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Bu qalb tug'yonlari, mana oradan besh yarim asrdan ziyod vaqt òtsa hamki,millionlab odamlarni xayajonga solib kelmoqda.

Mana bugun Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining bir guruh faol va ijodkor talabalari tomonidan g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan Navoiyxonlik tadbiri o’tkazildi. Tadbirda fakultet talabalari hamda yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori A.Xamraqulov, Fizika-matematika fakultet dekani M.Mahkamov va boshqa professor-o'qituvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirni prorektor A.Hamraqulov ochib berdi. Ma'ruzachi o'z nutqida yurtimizning barcha maktab va oliy ta'lim muassasalarida o’tkazib kelinayotgan Navoiyxonlik kechalari yoshlarimiz uchun ma'naviy ozuqa bo’layotgani, Alisher Navoiy ijodi va shaxsiga hamma zamonlarda qiziqish katta boʻlgani, xatto u kishi haqida koʻplab afsonasifat hikoyalar ham toʻqilgani, ulugʻ mutafakkirning shaxsi, tutumi, feʼl-atvori haqida yaqqolroq tasavvur hosil qilish uchun avvalo hazratning asarlarini, u zotga zamondosh boʻlgan adiblarning xotiralarini sinchiklab oʻqish zarurligini ta'kidlab o’tdi.

Shundan so’ng talabalarimiz tashkil qilgan kechaga navbat berildi. Navoiy g'azallari, raqslar va shoir hayotini turli sahna kòrinishlari orqali tomoshabinlarga namoyon qilib berishdi. Talabalar tomonidan jonli ijroda aytilgan g'azallar tadbirimizni yanada chiroylik o’tishiga zamin bo’ldi. Tadbir so’nggida fakultet dekani so’zga chiqib ushbu kechani tashkillashtirgan ustozlarga va qatnashuvchilarga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbirni tashkil etishda faol qatnashgan talabar universitet rahbariyatining Faxriy yorliq va kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan esdalik sovg'alari va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.