Andijon Davlat
Universiteti
HAZRAT NAVOIY DAHOSIGA EHTIROM
2020-02-10    2917

Bugun, 9-fevral kuni Andijon davlat universitetida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navioy tavalludinig 579 yilligiga bag‘ishlanib, “Xazrat Navoiy dahosiga ehtirom” deb nomlangan adabiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni universitet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A’zamjon Hamraqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, filologiya fakulteti talabalari Navoiy ijodidan baytlar o‘qib yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdilar.

Tadbir davomida O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti Ziyovuddin Qodirov “Alisher Navoiy ijodida insonshunoslik, islomshunoslik va lisonshunoslik” mavzusida ma’ruza qildi. Bir qator talabalar ham hazrat Navoiy haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Tadbirda so‘z olganlar tomonidan jahon adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ alloma Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish, uning bebaho adabiy merosi, insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlarini o‘rganish, keng targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, bu aholi, ayniqsa, yoshlarning adabiyotga qiziqishini, qalblarida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.

Navoiy ijodining betakror jihatlari, ulug‘ mutaffakkirning yuksak insoniy fazilatlari xususida qiziqarli ma’ruzalar o‘qildi. Dastur davomida an’anaviy xonandalik yo‘nalishi talabalari tomonidan Navoiy g‘azallari asosida ijro etilgan qo‘shiqlar guldastasi tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Navoiyni qancha ko‘p o‘qisak, ijodini qancha chuqur o‘rgansak, uning betakror ijodini shu qadar teranroq angab boraveramiz, - deydi Andijon davlat universiteti talabasi Dildora Nurmirzaeva. – Bugungi tadbirda ham biz uchun ulug‘ dahoning yangi qirralari bo‘y ko‘rsatdi, ijodiy merosining o‘ziga xos jihatlarini anglaganday bo‘ldik.

Talabalar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, sahna ko‘rinishlari, Navoiyning g‘azalu ruboyilari, ijodkor yoshlar mushoirasi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Tadbir doirasida san’atshunoslik fakulteti talabalarining Navoiy hayoti va ijodiga oid rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Talabalar buyuk mutafakkurning turli xil siymoda tasvirladilar.

Tadbir so‘nggida tashkilotchi va ishtirokchi talabalar universitet ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Mirzabahrom Botirov tomonidan faxriy yorliq va badiiy kitoblar jamlanmasi taqdirlandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.