Andijon Davlat
Universiteti
NAVOIY BOBOMNI XOTIRLAB…
2020-02-06    6742

So’z mulkining sultoni, ulug’ mutafakkir, o’z davrining xurmatga sazovor insoni Mir Alisher Navoiy 1441-yil Hirot shahrida tavallud topdi. Yoshlik chog’laridanoq ilm ahlining e’tiboriga tusha boshladi. Aql-zakovati va o’tkir zehni bilan tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turar edi. Alisher Navoiy bolalik chog’larida bo’lajak hukmdor Husayn Bayqaro bilan qadrdon do’st edi. Tarixchi Xondamirning ma’lumotlariga ko’ra, Alisher yoshlik paytida mashhur shoir Lutfiyning nazariga tushadi.

Hayoti davomida turli mamlakatlarda bo’ladi va o’z davrining taniqli shaxslari bilan muloqotda qiladi. 1464-1465-yillar oralig’ida uning ilk devonlari to’plam holiga keltiriladi. Mir Alisher adabiyot bilan birga siyosatda ham obro’ qozongan. 1469-yil Husayn Bayqaro taxtni egallagach, Alisher siyosiy maydonda faol qatnasha boshladi. Xalq orasida mehr qozona boshlaydi. 1480-yil viloyatlarda o’z hisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabod, 17 ta masjid, 9 ta hammom, 9 ta ko’prik qurdiradi va boshqa bunyodkorlik ishlariga homiylik qiladi.

Alisher Navoiyning ijodi juda ham serqirradir. 1483-1485-yillar davomida u o’z ichiga besh dostonni jamlagan “Xamsa” ni yozib tugalladi. Xamsa ichiga “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabbai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlari kiradi. Ushbu Xamsa turkiy tilda yozilgan 1-asar hisoblanadi.

Mutafakkirning to’plam holida jamlangan g’azllari 3150 donani tashkil etadi. Uning fors tilidagi ijod namunalari jamlanib,  “Sittai zaruriya” va “Fusuli arbaa” nomli ikki to’plam yaratiladi. Shoir o’z she’riyati orqali o’zbek adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Alisher Navoiy tarixiy mavzularda ham qalam tebratgan. Tarixga oid asaralar: “Tarixi mulki Ajam” , “Tarixi anbiyo va xukama”.

Alisherning katta adabiy va tarixiy ahamiyatga ega “Munshaot” asari uning turkiy tilda o’z zamondoshlari - podshohlar, shahzodalar, ilm va adabiyot ahli bilan olib borilgan yozishmalar majmuidan iborat. Eng muhim asarlaridan yana biri “Vaqfiya” hisoblanadi.

Mutafakkir o’zidan boy madaniy meros qoldirgan bo’lib, bu merosining umumiy hajmi 100 ming baytdan iboratdir. Uning asarlari o’nlab tillarga tarjima qilingan. Alisher Navoiy vafot etganidan so’ng asarlari turkiy va forsiy xalqlar orasida keng yoyildi.

Yurtimizda har bir ulug’ ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirish maqsadida jadal ishlar amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining badiiy ijod sohasidagi eng oliy mukofoti “Alisher Navoiy” nomidagi davlat mukofotidir.

Shoirning ijodini o’rganish Rossiya, Fransiya va Yevropada keng yoyilgan.  1991-yil yurtimizda mutafakkir tavalludining 550 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Shoirning 20 jildli mukammal asarlar to’plami tarjimasi nashr etila boshlandi. Bir viloyat, shahar, oily o’quv yurti, Toshkentdagi Davlat kutubxonasi, Adabiyot muzeyi, San’at saroyi, Toshkentdagi akademik opera va balet teatri, Toshkentdagi metro bekati, o’nlab ko’chalarga Alisher Navoiy nomi berilgan. Rassom, haykaltarosh va bastakorlar  uning hayoti va ijodiga bag’ishlab asarlar yartishgan.

Xalqaro maydonda ham shoirning ijodi qiziqib o’rganiladi. Shanxay, Tokio, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Belarussiya va  Rossiya davlatlarida unga atab haykallar o’rnatilgani ham buning yorqin misolidir.                                                             

                                                                          

                                                                     

Qoxxorjonov Omadjon
Tarix fakulteti 2-kurs talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.