Andijon Davlat
Universiteti
PROFESSOR ABDUSAMI SOLIEV XOTIRASIGA BAG‘ISHLAB SHAXMAT TURNIRI VA KITOBXONLIK TANLOVI TASHKIL ETILDI
2020-02-06    2835

Kuni kecha, 5 fevral kuni Andijon davvlat universitetida tabiiy fanlar fakulteti geografiya ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida geografiya fanlari doktori, professor A.Soliev xotirasiga bag‘ishlab sportning shaxmat-shashka yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar hamda “Soliev kitoblari bilimdoni” tanlovini  tashkil etdilar.

Professor A.Soliyev uzoq yillar respublikamiz va xorijda geografiya va ayniqsa, aholi geografiyasi, aholishunoslik kabi yo’nalishlarda yetakchi olim sifatida tan olingan. Faoliyati davomida 350 ga yaqin ilmiy ishlar, kitoblar, ilmiy maqolalar chop ettirgan. Hozirgi o’zbek geografiya fani rivojida olim juda katta o’rin tutadi. Xususan, olim faoliyati davomida 45 nafar tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qilib, dissertatsiyalar tayyorlashida maslahatchilik qilgan. Uning shogirdlari hozirda geografiya fanida o’z o’rniga ega, ko’plab darslik va tadqiqotlar mualliflari.

 

Universitetda bo‘lib o‘tgan musobaqa va kitobxonlik tanlovi ham olimni xotirlash, uning yirik ilmiy merosini o’rganishga bag’ishlandi. Kichik majlislar zalida Farg'onaDU, Namangan DU, Qo'qon DPI professor-o'qituvchilari va talabalari, universitetimix geografiya yo'nalishi o'qituvchi hamda talabalari ishtirokida olimning hayot yo'li va ilmiy tadqiqotlariga bag'ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda A.Soliyevning fan rivojiga qo'shgan xissasi, ilmiy ishlari tahlil qilindi.

  

Musobaqalar Farg‘ona fodiysi OTM lari geografiya yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Turnirning shaxmat-shashka musobaqasining birinchi bosqichi har bir oliy ta’lim muassasalarining o‘zida bo‘lib o‘tdi. Andijonda esa finalga yo‘l olgan 4 ta oliy ta’lim muassasalari: Farg‘ona davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Qur’a tashlash natijasiga ko‘ra Farg‘ona va Andijonlik yarim finalchilar hamda Namangan va Qo‘qon shahridan kelgan yarim finalchilar o‘zaro kuch sinashdilar. Shaxmat turi bo‘yicha Farg‘onalik talabalar 1-o‘rin, Namanganlik talabalar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Shashka musobaqasida Andijonliklar 1-o‘rin, Qo‘qonliklar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Universitet kichik majlislar zalida “Soliev kitoblari bilimdoni” tanlovi bo‘yicha kitobxon talabalar o‘z kitoxonlik va nutqiy mahoratini namoyish etdilar. Natijalarga ko‘ra Namangan davlat universiteti 3-kurs talabasi Abduqodir Toshpo‘latov o‘z bilimi va mahoratini namoyish etib 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Hakamlar xay’ati tomonidan e’lon qilingan natijalarga ko‘ra

  

Musobaqaning shashka turi bo‘yicha:

1-o‘rin - Akbarov Jaxongir – Andijon davlat universiteti 2-kurs talabasi;

2-o‘rin - Ibragimov Tursunboy – Qo‘qon pedagogika instituti 3-kurs talabasi;

3-o‘rin - Ergasheva Dilshoda – Andijon davlat universiteti 1-kurs talabasi.

 

Musobaqaning shaxmat turi bo‘yicha:  

1-o‘rin - Musaev Murodjon – Farg‘ona davlat universiteti 3-kurs talabasi;

2-o‘rin -Mirabdullaev Bahodirjon – Namangan davlat universiteti 3-kurs talabasi;

3-o‘rin - Soataliev Yorqinjon – Qo‘qon davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi.

 

Kitobxonlik tanlovida:

1-o‘rin - Toshpo‘latov Abduqodir – Namangan davlat universiteti 3-kurs talabasi;

2-o‘rin - Mo‘ydinov Javohir – Andijon davlat universiteti 3-kurs talabasi;

3-o‘rin - Akbarov Xusanboy – Andijon davlat universiteti 2-kurs talabasi.

         Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida shaxmat turi bo‘yicha:

Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Husnidin Abdunazarov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, turnir va kitobxonlik tadbirini tashkillashtirishda faolligi  uchun Andijon davlat universiteti geografiya kafedrasi professori v.b. Mamajonov Mo‘minjon, kafedra dotsenti Isaev Akbarjon Abdulhamidovich va Namangan davlat universiteti geografiya kafedrasi dotsenti Shavkat Jumaxanov faol ishtiroki uchun universitet rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Farg‘ona davlat universiteti geografiya kafedrasi professori g.f.n. Yu.Ahmadaliev adolatli hakam sifatida e’tirof etildi.

Umuman, ushbu tadbir bugungi kun yoshlarining ma’naviy kamolotida insoniylik xislatlarini shakllanishida, kitobxonlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini ortishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.