Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET REKTORI AKRAMJON YULDASHEV XALQ VAKILLARIGA HISOB BERDI
2020-02-05    2700

Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma yig‘ilishida deputatlarning, shu jumladan mahalliy kengashlarning davlat boshqaruvida faollik ko‘rsatishlari zarurligi ta’kidlanib, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar, jumladan oliy ta’lim muassasalari rektorlari ham hisobot berishlari to‘g‘risida taklif berilgan edi. Fuqarolik jamiyati qurishning eng asosiy mezonlaridan biri davlat organlarining xalq oldida hisobdorligidir.

Andijon davlat universiteti

Bugun, 5 fevral kuni ayni shu mezonni amaliyotga joriy etish maqsadida Andijon viloyati hokimligida viloyat va tumanlarning xalq deputatlari mahalliy kengashlarining deputatlari, mahalliy kengash komissiyalari a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasidan vakil, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.Bozorov, Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari – Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent davlat Agrar universiteti Andijon filiali rektorlari va jamoalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yilda rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari eshitildi. Har bir oliy ta’lim muassasasi rektorlari rahbarlik qilayotgan muassasasi haqidagi taqdimot tanishtiruv prospektlarining bosma shakli bilan deputatlarni ta’minlagan holda hisobot berishdi.

Andijon davlat universiteti

Xususan, universitet rektori Akramjon Yuldashev ham xalq vakillari oldida hisob berdi. Hisobot davomida rektorimiz universitetning 2019-yildagi faoliyatini tahlil qildi va 2020-yil uchun rejalashtirilgan ishlar bo'yicha taqdimot qildi. Hisobot yakunida deputatlar Akramjon Yuldashevga o‘z savollarini berdilar, mavjuda kamchiliklarni ko'rsatib o'tdilar. Savollar yuzasidan qizg‘in muhokamalar, baxs-munozaralar uzoq davom etdi. Rektor va mutaxassislar berilgan savollarga qoniqarli javoblar berdilar.

Andijon davlat universiteti

Yig‘ilish yakunida hisobot qabul qilindi. Shundan so'ng, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili O.Bozorov muhokama va munozalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining mahalliy kengashlarga, bu orqali xalqqa hisob berishi tizim rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubxasiz.

Xursandbek Arabboyev olgan suratlar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.