Andijon Davlat
Universiteti
BITIRUVCHI SINF O’QUVCHILARI UNIVERSITETGA TASHRIF BUYURDILAR
2020-02-05    2717

Kecha, 4-fevral kuni universitetimizga Asaka shahri 25-umumta’lim maktabining 60 nafar 11-sinf o’quvchilari o‘quv jarayonlari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

Maktab o’quvchilarini yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A’zamjon Hamroqulov ktuib oldi va universitetimiz haqida umumiy ma’lumotlar berdi. Dastlab o’quvchilar universitet maketini tomosha qildilar va hududdagi o’quv binolari sport maydonlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Shundan so’ng o’quvchilar universitet tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzeyda o’quvchilar Andijonning so’nggi uch asrlik tarixi bilan tanishdilar, o’zlari uchun notanish tarixiy hujjatlar va eksponatlarni ko’zdan kechirdilar. Bu o’quvchilarda milliy tariximiz haqida bilimlarini oshirishga, vatanparvarlik ruhini singdirishda juda muhim. Muzeyni tomosha qilish asnosida o’quvchilar tarix, arxivshunoslik, milliy g’oya va psixologiya yo’nalishlariga qabul qilish taomillari, kerakli fanlar bilan ham tanishib oldilar.

O‘quvchilarning keyingi manzili Fizika-matematika fakulteti bo’ldi. Ularni fakultet dekani Madaminjon Mahkamov kutib oldi. Suhbat davomida o’quvchilarga fakultetda mavjud yo’nalishlar, ularning imtihon shakllari, imtihon bo’ladigan fanlar majmualari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ularga fakultetning iqtidorli talabalari, stipendiatlar, chempionlar haqida ma’lumotlar berildi. O’quvchilar imtihon jarayonlari, qo’shimcha fanlar haqida va boshqa ko’plab savollar berdilar va tegishli javoblar oldilar.

O’quvchilar shundan so’ng Jismoniy madaniyat fakultetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ularga yoshlar bilan ishlash bo’yicha fakultet dekani o’rinbosari hamrohlik qildi. O’quvchilar ko’plab Olimpiya o’yinlari, jahon, Osiyo, O’zbekiston chempionlari mashg’ulot olib borgan sport zallari, mashg’ulot xonalarini ko’zdan kechirdilar. Ularni eng qiziqtirgan narsa ushbu yo’nalishga kirish imtihonlarining qanday tashkil etilishi bo’ldi. Ularga imtihon topshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Imtihonlar amaliy tarzda o’tkazilishi, imtihon natijalari haqida normativlar bajarilishi bilan tanishib imzo chekib tasdiqlanishi ularni xursand qildi. O’quvchilar imtihonlarga tayyorgarlik ko’rayotgan abituriyentlarning mashg’ulot jarayoni bilan tanishdilar.

Ushbu ekskursiya maktab o’quvchilari uchun foydali bo’ldi. Ular yana bir bor faqat va faqat o’qish va ilm olish bilan o’qishga kirish mumkin ekanligini anglab yetdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.