Andijon Davlat
Universiteti
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALGAN “ANDIJON – “TALABALAR: UNIVERSITET XONALARI SOVUQLIGIDAN KO‘PCHILIK KASAL BO‘LIB QOLMOQDA” NOMLI POST BO’YICHA ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING RASMIY BAYONOTI
2020-01-15    2305

Bugun, 15 yanvar kuni 12:54 da @SizdanTelegram kanalida “ANDIJON – “Talabalar: universitet xonalari sovuqligidan ko‘pchilik kasal bo‘lib qolmoqda” nomli post e'lon qilindi.

Universitet rahbariyati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi: Andijon davlat universiteti ma’muriyati tomonidan 2019/2020 yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumda universitetning bino va inshootlarini bir me’yorda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash borasida yetarli darajadagi ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, barcha binolardagi ichki va tashqi issiqlik tizimlari, qozonxona va qozonlar, issiqlikni uzatish moslama (nasos)lari joriy ta’mirdan chiqarilib, talab darajasiga keltirilgan. Barcha ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan avtonom qozonxonalarga yetarli miqdor (350 t.) dagi ko‘mir zahirasi yaratilgan. Universitetning Andijon shahri Universitet ko‘chasi 129 uyda joylashgan o‘quv binolari (bu hududda universitetning 4 ta o‘quv binosi mavjud) hamda Murabbiylar ko‘chasida joylashgan Pedagogika, Maktabgacha ta’lim, San’atshunoslik fakultetlari joylashgan o‘quv binolari qozonxonalariga 2018 yilda 4560 metr uzunlikdagi yuqori bosimdagi gaz tarmog‘i tortib kelingan bo‘lib, tabiiy gaz uzilishilarsiz, bir me’yorda yetkazib berilmoqda. Ilova qilingan rasmlarda ko‘rsatilgan holat Chet tillar fakultetining o‘quv xonasi bo‘lib, ushbu fakultet o‘quv binolari “Andijon biokimyo zavodi” AJ qozonxonasiga ulangan va shu bugunga qadar bir me’yorda issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda. Ma’lumot uchun, Biokimyo zavodida sanoat uchun tabiiy homashyolardan spirt ajratib olinib, bu jarayonda katta issiqlik energiyasi hosil bo‘ladi va atrofdagi binolarga issiqlik energiyasi uzluksiz yetkazib berilmoqda.

Ushbu xabarning ikkinchi qismida keltirilgan jumlalar bo‘yicha o‘tkazilgan surishtiruvlar va talabalar bilan ochiq suhbatlar natijasiga ko‘ra bunday gaplar bo‘lmaganligi ayon bo‘lmoqda.

Ushbu holat yuzasidan istalgan odam universitet binolariga istalgan vaqtda kelib, isitish tizimi bilan tanishishi mumkin. Bu borada universitet rahbariyati hamkorlikka tayyor.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.