Bugun, 9 yanvar kuni soat 20:12 da telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @sizdantelegram kanalida "ANDIJON - Universitetni "qamal" kirakashlar dars jarayoniga ham xalal bermoqda" nomi ostida post e'lon qilindi.
Ushbu holat haqiqatdan ham uzoq vaqtdan buyon eng og‘riqli muammolardan hisoblanadi. Andijon shahridagi "Universitet" ko‘chasi serqatnov va shu bilan birga mavjud qatnov uchun tor yo‘l hisoblanadi. Buning ustiga Andijon davlat universiteti hududiga kirish eshigi oldida postda aytilganidek 75-yo‘nalishdagi damas haydovchilari tomonidan "stoyanka" qilib olingan.
Ushbu holat yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu holatni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyati bir necha bor Andijon shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga murojaat qilgan. Murojaatlarni inobatga olib yo‘lning ushbu qismida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tartibga solish ishlarini olib borgan, biroq odatda tartibga solish ishlari o‘tkazilgandan so‘ng ikki uch kun davomida haydovchilar tartibli harakat qilgan, keyin esa yana eski holat takrorlanib, mashinalarni tartibsiz qo‘yish, yo‘lni qatnov qismini toraytirish va to‘sib qo‘yish, qatnovga hamda yo‘lovchilarning xavfsizligiga ziyon yetkazish davom etavergan.
Yuqorida postda keltirilgan holat bo‘yicha ham viloyat Transport boshqarmasiga hamda Andijon shahar yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga murojaat qilingan. Yana bir bor yuqorida nomlari zikr etilgan tashkilotlardan mavjud muammoni hal qilishda amaliy yordam berishlarini so‘rab qolamiz.
Universitetimiz talabalarining hayoti hamda xavfsizligi biz uchun juda qadrli va uni asrashga doimo harakat qilamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI