Joriy yilning 30-yanvar kuni Andijon davlat universitetida Tarix, Ijtimoiy iqtisodiyot, Xorijiy tillar, Tabiy fanlar, Jismoniy madaniyat va Filologiya fakultetlari professor-o’qituvchilari uchun korrupsiyani oldini olish bo’yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi “Ijtimoiy fanlar va psixologiya yuridik etika” kafedrasi mudiri, yu.f.d., prof.B.I.Isroilov, “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dots Sh.N.Raxmanov, “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dots Sh.Ganibaeva, kadlar bo‘limi ish yurituvchisi M.Yusupov, Andijon viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi katta tergovchisi L.O.Madumarov, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovniki.R.F.Qaxxorov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudining raisi A.To‘raev, Andijon tuman Ma’muriy sudining raisi O,Qaxxorov va sudya yordamchisi J.Akbaraliev, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi xodimi N.Muxtorov, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi “Xuquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limii yetakchi maslaxatchisi N.Muxtorov ishtirok etib, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Universitet o’quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Mamatyusupov o‘quv seminarini ochib, oly ta’lim tizimida, xususan, universitetimizda korrupsiya davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisalar avj olib ketayotganligi va uni oldini olish maqsadida seminarlar tashkil etilayotgani va bu tushuntirish ishlari albatta o’z samarasini berishini aytib o’tdi.
Mavzuga oid ma’ruza qilish uchun seminarga Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi “Ijtimoiy fanlar va psixologiya, yuridik etika” kafedrasi mudiri, yu.f.d., prof.B.I.Isroilov so‘zga chiqib, o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Bugungi kunda respublikamizda jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko‘rilayotganligi, fosh etilgan korrupsiyachilar qattiq jazolanayotganligini, mamlakat ichidagi jinoyatchilik doimo davlat tomonidan qattiq nazorat qilib borilayotganligini ta’kidlab, jinoyatchilik keng avj olib ketishiga va korrupsiyachilar domiga ilingan amaldorlarning beboshligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator uzoq muddatli chora-tadbirlar ishga solinganligini va belgilab qo‘yilganligini asoslab berdi. Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazoratining mavjudligi – fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim shartlaridan biri ekanligi, fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq bo‘lmasligi hamda har bir davlat xizmatchisining o‘z faoliyatini jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etib borishi fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi, davlat nazorat funksiyalariga nisbatan jamoatchilik nazoratining afzalligi va muhim ekanligi to‘liq yoritib berildi.
Shundan so’ng ma’ruzachilar L.O.Madumarov, R.F.Qaxxorov, N.Muxtorov, Sh.N.Raxmanov, Sh.Ganibaevalar o’z faoliyatlari davomnida duch kelgan holatlar, oliy ta’limdagi korrupsion holatlar, korrupsiya va oldini olish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish, pora olish bilan bir qatorda barchamizninbg ongimizga singib ketgan pora berish kabi illatni odamlar ongidan o’chirishga barchamiz harakat qilishimiz lozim ekanini tushuntirib o’tdilar.
O‘quv seminar yakunida, ma’ruzachilarga ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga oid savollar berdilar va javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI