Andijon Davlat
Universiteti
BIRINCHI PREZIDENTIMIZGA EHTIROM: VATANGA BAXSHIDA UMR
2020-01-30    2927

Adolatli podshoh Allohning yer yuzidagi soyasi deydilar. Vatanga baxshida umri, fidokorona faoliyati, elim deb, yurtim deya yonib yashagan fidoiy inson, birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning yorqin hayot yo’li O’zbekiston yoshlariga doim o’rnak bo’lib kelgan. O’zbekistonning og’ir va mustamlakadagi hayotidan bugungi ozod va obod, erkin va farovon hayotini barpo etishdek jasorati hamon oliyjanob xalqimizning xotirasidadir. O’zbek xalqining mard va jasur o’g’loni 1938 yil 30 yanvarda, Samarqand shahrining xizmatchi oilasida tavallud topdi. Dastlab O’rta osiyo politexnika instituti, keyin esa Toshkent xalq xo’jaligi institutini tamomlagan. O’zining ilk mehnat faoliyatini (Tashselmash) zavodida boshladi. Siyosiy faoliyatida esa bir qancha bosqichlarni bosib o’tib,1990-yil 24-martdaOʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov OʻzbekistonSSR Prezidenti etib saylandi. 1991-yil 31-avgustda I. Karimov Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildishi katta tarixiy voqeaga aylandi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Xalqning muhabbati, islohotlariga bo’lgan yuksak ishonchi Islom Karimovning bir necha bor takroran saylanishi, buning yorqin misoli bo’ladi. Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriyfan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning iqtisodiyotni rivojlantirish o’zbek modeli butun dunyoni yana bir karra hayratga soldi.

Ushbu benazr shaxsning ilmiy merosiga to’xtalsak, "Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli","Bizdan ozod va obod vatan qolsin", "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir","Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch","Ona yurtimizning baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida hizmat qilish eng oli saodatdir" kabi 500 dan ortiq asarlari ulkan ma’naviy va siyosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchi pirezidentimizning biz yoshlarga qarata farzandlarim deya murojaat qilib, marrani baland oling deya aytgan o’gitlari hali hamon yodimizda. Farzandlarimiz bilimli, kuchli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart! Deya ta’kidlagani va shunga o’xshash juda ko’p yoshlarga qarata aytgan gaplari biz yoshlarni ertangi kunga bo’lgan ishonchimizni vatanga bo’lgan muhabbatimizni yanada oshirar edi. Xalqning tom ma’noda ,,otasi’’ ga aylangan buyuk inson, shoh va olim, fan arbobi, O’zbekiston qahramoni, 62 ta xalqaro ordenlar sohibi, dunyo siyosat va ma’rifati, iqtisodiyotida chuqur iz qoldirgan shaxsdir.

Islom Karimovning yorqin xotirasiga bugungi kundagi ehtirom sifatida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi. Toshkent shahrida joylashgan jome masjidga “Islom ota jomeʻ masjidi” deb nom berildi. Shuningdek, Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etildi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatildi. Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etildi. Yana Toshkent davlat texnika universitetiga, Asakadagi avtomobil zavodiga, Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomini berildi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etilishi, Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yonida, Islom Karimov nomli xiyobon tashkil etilib, uning markazida Karimovning haykali oʻrnatilishi insonlar qalbidan chuqur joy olgan fidoyi inson ekanidan darak beradi.

Bugungi kunda biz yoshlar ajdodlarimizga munosib avlod bo’lib shakllanishimiz kerak. O’zbekistonni  rivojlangan mamlakatga aylantirishni ustivor maqsad qilib yo’lga chiqgan ekanmiz faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifatga tayangan holda bugungi kun yoshlari tashabbuskor, islohotchi, strategik fikr yuritadigan,  bilimli  va  malakali kadrlar bo’lishimiz zarur...

Muhiddin No’monjonov
ADU YI BT Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yetakchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.